So’nggi yangiliklar

08:04"Байер"дан хайдаланган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  0 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  4 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  4 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  2 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  16 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  11 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  14 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  43 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  14 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  275

Tanishing, raqibimiz: “Al-Nasr” (Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni) Yangiliklar

Tanishing, raqibimiz: “Al-Nasr” (Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni)

Teglar :  Al NasrBunyodkor
“Bunyodkor”ning OCHL-2016 guruh bosqichidagi ilk raqibi Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni – “Al-Nasr” klubi.
CHempionlar ligasining birinchi turini “qaldirg'ochlar” Ar-Riyodda “Al-Nasr” klubiga qarshi o'tkazadilar. Etiboringizga raqibimiz haqida asosiy malumotlarni keltirib o'tamiz.

Klub tashkil topgan yili: 1955
Klubning to'liq nomi: “Al Nasr” futbol klubi
Stadioni: “Qirol Fahd”
Sig'imi: 68.752 tomoshabin
Rasmiy sayti: www.alnassrfc.com

YUTUQLARI:
Saudiya Arabistoni chempioni (7) – 1979-80, 1980-81, 1988-89, 1993-94, 1994-95, 2013-14, 2014-15
Saudiya Arabistoni Qirol kubogi sohibi (6) – 1974, 1976, 1981, 1986, 1987, 1990
Saudiya Arabistoni SHahzoda kubogi sohibi (3) – 1972-73, 1973-74, 2013-14
Saudiya Arabistoni Futbol Federaciyasi kubogi sohibi (3) – 1975-76, 1997-98, 2007-08
Saudiya Arabistoni Superkubogi sohibi (1) – 2014, 2015

Xalqaro ishtirok:
Osiyo kubok egalari kubogi sohibi (1) – 1997-98
Osiyo Superkubogi sohibi (1) – 1998
Osiyo CHempionlar ligasi vice-chempioni (1) – 1995
Klublar o'rtasidagi jahon chempionati ishtirokchisi (1) – 2000
Arab CHempionlar ligasi g'olibi (2) – 1996, 1997

BOSH MURABBIY – Raul Kaneda (Ispaniya)
Tug'ilgan sanasi: 1969 yil, 21 yanvar
Murabbiylik faoliyati: “Dorados de Sinaloa” (Meksika) 2006-2007, “Real Sosedad” (Ispaniya) 2007-2009, “Almeriya” (Ispaniya) 2009-2011, “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni) 2012-2013, “Al-Nasr” (Saudiya Arabistoni) 2014 yil assistent, 2016 yil 19 fevral sanasidan bosh murabbiy.

LEGIONERLARI:
Gabriel Markinos (Braziliya)
Tug'ilgan sanasi: 21.07.1990
Ampluasi: Hujumkor yarim himoyachi

Modibo Mayga (Mali)
Tug'ilgan sanasi: 03.09.1987
Ampluasi: Hujumchi

Adrian Mierjeevski (Polsha)
Tug'ilgan sanasi: 06.11.1986
Ampluasi: Yarim himoyachi

Muhammad Xusayn (Baxrayn)
Tug'ilgan sanasi: 31.07.1980
Ampluasi: Himoyachi

“Al-Nasr” jamoasi Osiyo CHempionlar ligasida uchinchi bor ishtirok etmoqda. Ar-Riyodliklar bungacha 2011 yilgi turnirda qatnashishib, “Istiqlol” (Eron), “Al-Sadd” (Qatar) va “Paxtakor” jamoalari ichidan “pley-off”ga yo'llanma olishgan. Biroq 1/8 finalda “Zob-Axan”ga 4:1 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni erta tark etganlar. Ikkinchi urinishda esa saudiyaliklar “Lahviya” (Qatar), “Persepolis” (Eron) va “Bunyodkor” (O'zbekiston) jamoalari bilan bir guruhda kuch sinashib, keyingi bosqichga o'ta olmagan.

Klubning besh nafar vakili Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasida to'p tepishadi. Bular: himoyachi Omar Xavsavi, yarim himoyachilar Yaxyo Al-Sehri va SHae SHarahli, hujumchilar Naif Hazazi va Muhammad Al-Sahlavi.

Saudiya Arabistoni chempionati ayni paytda qizg'in pallasiga kirgan. Raqibimiz “Al-Nasr” 17 uchrashuvda 23 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining 6-pog'onasida bormoqda.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика