So’nggi yangiliklar

00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  5 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18

Tanishing - Navro'z kubogi sohibi SLS-Orzu jamoasi Yangiliklar

Tanishing - Navro'z kubogi sohibi SLS-Orzu jamoasi

Futbol bilan astoydil shug'ullanganlarning barchasiga ham kelajakda faoliyatini sohada davom ettirish nasib etavermaydi.
Iqtidorlaridan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, sanoqlilargagina sportning ushbu turida yorqin kelajak kutib turadi. Omadi chopmaganlar noiloj boshqa sohaga o'tishib, mabodo muvaffaqiyatli tarzda ish yuritsalar, armonlarini qisman qondirish maqsadida biror jamoani otaliqqa olishadi va imkon qadar ko'maklashib kelishadi. Ikkinchi liga ishtirokchilari orasida juda ko'pining tepasida aynan shunday insonlar turganligini takidlash darkor. Istalgan viloyat chempionatiga ko'z yugurtirsangiz, klub rahbarlaridan birortasi tarkibda to'p suradiganlar qatorida ro'yxatga kiritilgan bo'ladi. Orzu-havaslar shu daraja bilan yakuniga etsa kerak. Negaki, havaskorlikdan yanada yuqori bosqichga chiqib borish uchun na mablag'lari, na imkoniyatlari etmasligi shubhasizdir.

Farg'onaliklar musobaqalar tashkil etish borasida mamlakatimizda yana etakchilar qatoriga chiqib borishni astoydil istayotgan ko'rinadilar. Fevral oyida viloyat hokimi Kubogi uchun ananaviy turnir uyushtirilib, unda asosan oliy va birinchi liga jamoalari g'oliblik uchun kurash olib borishgandi. 24 mart-12 aprel sanasi kunlarida esa ikkinchi liga qatnashchilari o'rtasida Navro'z Kubogi uchun bahslar o'tkazildi. Jamoalar geografik joylashuvidan kelib chiqib uch guruhga ajratilishdi. 17 jamoa ishtirok etgan mazkur musobaqada mehmon sifatida qo'shni Andijon viloyatidan shahrixonliklar qatnashishdi. Final bellashuvi Qirgulidagi Neftchi SKga qarashli stadionda tashkil etilib, Marg'ilonning SLS-Orzu jamoasi toshloqliklar bilan o'zaro ro'baro' kelishdi. O'yin ham hal qiluvchi uchrashuvga mos tarzda shiddatli o'tdi.

Omad yakunda marg'ilonliklarga kulib boqib, 2:0 hisobida g'alabaga erishishdi va bosh sovrinni qo'lga kiritishdi. Taqdirlash marosimi ham tantanali ravishda tashkil etilib, Farg'ona viloyati futbol federaciyasining birinchi vice-prezidenti Salimjon Zokirov g'olib jamoa rahbarlariga Kubokni topshirdi. SHunda marg'ilonlik jamoa rahbarlaridan biri, sobiq futbolchi Botirxon Umarov yonimizga kelib, jamoalari haqida to'laroq malumot bera olish imkoniyatlarimiz haqida so'radi. Suhbat orasida gazetamizning avvalgi sonlaridan birida Marg'ilonning yana bir vakili - Fidokor haqida to'liq malumot berib o'tganimizga ishora qildi. Taklifga rozilik bildirib, ushbu jamoaning faoliyatini ham targ'ib qilishni dilimizga tugib qo'ydik.

Marg'ilonliklar guruh bahslarini muvaffaqiyatli tarzda yakunlashib, to'plar nisbatiga ko'ra 1-o'rinni qo'lga kiritishdi (Yozyovon-Lochinlari farm-klubini 10:2ga enggan bo'lsalar, shahrixonliklardan 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi. SHuningdek, toshloqliklardan ham ustun kelishdi). Yarim final bellashuvida Neftchi futbol klubi qoshidagi BO'FM tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushishib, asosiy va qo'shimcha vaqtlarda hisob ochilmagach, penaltilar seriyasida omadlari kulib boqqanligini takidlash darkor (5:4). Hal qiluvchi uchrashuvda esa yuqorida takidlaganimizdek, toshloqliklarni engishga erishishdi. Jamoani istedodli, yosh murabbiy Islombek Ismoilov boshqarmoqda. Familiyasiga etibor qaratgan inson Neftchi bosh murabbiyi Murodbekning to'ng'ich farzandi ekanligini anglab olishi qiyin emas. Biz ham dastlabki suhbatdoshimiz Islombek ISMOILOV bilan bir qator mavzular borasida fikr almashib o'tirdik.

- Endi 23 yoshni qarshi oldingiz. Ammo murabbiylik stajingiz ham ancha ortib bormoqda.
- Toshkentdagi O'zbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya institutiga o'qishga kirganimda tahsil davomida dastlab S licenziyasi uchun kurslarda ishtirok etdim. Keyinchalik Bahrom Mamadaliev Atlaschida bosh murabbiy sifatida ishlash uchun meni taklif etdi. Mavsumga hozirlik ko'ra boshladik. Hattoki qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil qilindi. Ammo iqtisodiy tarafdan imkoniyatini qila olmaganligimiz tufayli birinchi ligada qatnashishimiz amalga oshmadi. Orada V licenziyasi sohibiga aylandim. Botirxon Umarov jamoasiga taklif etib, birgalikda faoliyat yuritishni tavsiya qildi. Rozilik bildirib, fevral oyidan buyon yigitlar bilan mashg'ulotlarga kirishganmiz.

- G'oliblikni qo'lga kiritish o'z-o'zidan bo'lmaydi. Nima hisobiga bosh sovrinning egasiga aylandinglar?
- Qisqa fursat ichida yigitlarning jismoniy formasini mukammal darajaga keltirishning imkoni yo'q. SHu sababli ko'proq maydonda bir-birlarini tushunib borishlariga etibor qaratdik. O'yin yuritish taktikalari borasida bir qator ishlarni amalga oshirdik.

- O'zbekistondagi ustalar jamoasida faoliyat ko'rsatayotgan eng yosh murabbiylardan biri bo'lsangiz kerak. Nega endi futbol o'ynashni afzal bilmadingiz?

- Dastlab tengqurlarim qatori futbol bilan shug'ullanib yurdim. Menda iqtidor yo'qligini vaqtida payqagan dadam yaxshisi, sohani o'zgartirganing maqul, deya tavsiya qilgandilar. SHundan keyin xorij tillarini o'rganishga astoydil kirishdim. Baribir qonda bor ekan, futbolchi chiqmaganidan keyin murabbiylikda o'zimni sinab ko'rmoqchi bo'ldim. 19 yoshimda Paxtakor akademiyasida Stanislav Kudryashovga yordamchilik qildim. SHu tariqa ikki yil poytaxtda faoliyat yuritdim.

- O'z oldingizga yuqori maqsadlar qo'yayotgan bo'lishingiz shubhasiz. Necha yoshingizda oliy ligada bosh murabbiy sifatida ishlashingiz mumkinligini hech taxmin qilib ko'rmaganmisiz?
- Darhaqiqat, niyatlarim ulkan. 25 yoshga to'lganimda xalqaro Pro licenziyasini qo'lga kiritmoqchiman. Qolgani omadga bog'liq.

Suhbatni davom ettirish maqsadida klub rahbari Botirxon UMAROVning ham fikrlariga quloq tutdik.

- Jamoani 2009 yili Abdumajid Oxunjonov bilan birgalikda tashkil etgandik. Marg'ilon shahrining avvalgi hokimi tashabbusimizni qo'llab-quvvatlagandi. Hozirgi kunda shaharga rahbarlik qilayotgan SHavkat Erkaboev ham jamoamizning oldida turgan muammolarni ijobiy hal etishda yordamini ayamay kelmoqda. Xususan, transport borasida safar uchrashuvlariga chiqadigan bo'lsak, muammoga duch kelmaymiz. Iqtidorli murabbiy Islombek Ismoilov yosh bo'lishiga qaramay ancha g'ayratli, mehnatdan qochmaydigan mutaxassis sifatida o'zidan iliq taassurot qoldirmoqda. Navro'z Kubogini qo'lga kiritishimiz katta yutuqlarimizdan biridir.

- O'zingiz boshqa soha vakilisiz. Ammo maydonga tushib to'p tepish, klubning muammolarini hal qilish uchun vaqt topa olasiz. Sabab?

- Futbolga mehrim  boshqacha. Bolaligimda sportning ushbu turi bilan jiddiy tarzda shug'ullanganman. Ustalar jamoasidagi ilk  faoliyatim  Andijonda o'tgan. 2000 yillari unga Sergey SHevchenko ustozlik qilardi. Jamoa tarkibida Baxtiyor Hamidullaev, Tohir Mo'minov, Zahiriddin Akbarov, Otabek Qilichev, Sergey Dub, SHuhrat Nazirov singari taniqli charm to'p ustalari o'ynashardi. Raqobat o'ta kuchli ekanligi tufayli, Muxtor Mirzaev boshchiligidagi dublda omadimni sinab ko'rganman. Tarkib ham yomon emasdi. Rahim Qodirov, Muzaffar Mirzarahimov, Hurshid Mamadaliev, Doniyor Ergashev, Doniyor Tojiboev singarilar bor edi. Ayniqsa, Anvar Abduqodirov bilan munosabatlarimiz yaxshi bo'lgan. Hozirgi kunda ham qo'ng'iroqlashib turamiz. Keyinchalik jarohat olib safdan chiqdim. Tiklanish jarayoni biroz cho'zilib ketgach, futboldagi faoliyatim uzoq davom etmasligini tushunib etganman. Sud tizimiga ishga kirib, hozirgi kunda ham faoliyatim yomon kechayotgani yo'q.

- Endigi maqsadlar qanday?
- Marg'ilon futbolida hozirgi kunda katta ko'tarilish sezilmoqda. SHaxsan viloyat hokimi SHuhrat  /anievning tashabbusi bilan stadionimiz qayta kapital tamirdan chiqarildi. Bemalol birinchi liga talablariga ham javob beradigan darajaga keltirildi. Navro'z Kubogida erishilgan muvaffaqiyatdan keyin bolalarga biroz hordiq chiqarishadi. Keyin esa ikkinchi liga bahslariga tayyorgarlikka yanada zo'r beramiz. Futbolchilar bilan gaplashganda oldilariga faqat 1-o'rinni egallashni vazifa tarzida qo'yishimizni takidladim. Qolgani qanday kechishi vaziyatga bog'liq.

Klub tasischilaridan biri, jamoa boshlig'i Abdumajid OXUNJONOV ham quyidagicha fikrlarini bildirib o'tdi.

- Marg'ilon futbolida o'ziga xos ko'tarilish yuz berayotgandek.
- Avvalo shahar hokimi jamoalar uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotganiga alohida minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman. Marg'ilon azaldan o'zbek futboliga ko'plab kadrlar etkazib kelgan. Hozirgi kunda Neftchi jamoasida faoliyat ko'rsatib kelayotgan Murodbek Ismoilov, Andrey Fyodorov ikkalasi bizning futbol tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi. SHuningdek, viloyat futbol federaciyasining ijrochi direktori Salim Zokirov ham Marg'ilon futboli vakili ekanligini yana bir karra eslatib o'tmoqchiman. Qolaversa, Sedunovning shogirdlari bugungi kunda O'zbekistonning boshqa jamoalari sharafini himoya qilib kelishmoqda.

- Har kim ko'rpani o'zi tomon tortavermasdan, kuchlarni birlashtirgan holda yagona, birinchi liga talablariga javob beradigan klubni shakllantirish mumkin emasmi?
- Mabodo ushbu g'oyani mutasaddilarga etkazadigan bo'lsam, noto'g'ri qabul qilishadi. Istedodlar bo'yicha fikr yuritsak, shahrimizda bemalol 8 ta jamoa uchun kadr topish mumkin. Ota-onalar ham jamoalar soni ko'p bo'lishi tarafdoridirlar. CHunki, farzandlari sport bilan band bo'lib, yomon yo'llardan yiroqlashishmoqda. Mashg'ulotlarda qattiq charchaganliklari tufayli uylariga borganda ertaroq dam olish uchun yotadilar. Bemahalda ko'chada yurib, yomon ulfatlarga qo'shilishlariga hojat qolmayapti. Vaqtlarini mazmunli o'tkazayotganlari sababli, turli diniy oqimlarga qo'shilib ketishmaydi. SHu sababli mazkur siyosat barchani qoniqtirmoqda.
 
Abdulhafiz ABDULAZIZ o'g'li.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика