Tanishing – Isaak Xayik. Futbol tarixidagi yoshi eng ulug' darvozabon!

Eldor Akmurzayev
8 apr 2019, 00:45
Isroilning "Ironi Eguda" klubi futbolchisi Isaak Xayik Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi.

Gap shundaki, mazkur darvozabon bir haftadan so'ng 74 yoshni qarshi oladi. U mamlakat quyi divizionining tur uchrashuvi doirasida  "Makkabi Ramat Gan" klubiga qarshi (1:5) maydonga tushib, futbol tarixidagi yosh eng katta posbonga aylandi.

Isaak Xayik Iroqda tug'ilgan bo'lib, 4 yoshida Isroilga ko'chib kelgan. Mazkur bahs yakunlanganidan keyin esa u yana bir o'yinda qatnashib, faoliyatini tugatmoqchiligini aytgan.

Avvalgi rekord natija urugvaylik Roberto Karmonaga tegishli edi. Ushbu darvozabon "Pan-de-Asukar" klubi safida 53 yoshida asosiy tarkibda maydonga tushgandi.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Reuters