
Gap shundaki, mazkur darvozabon bir haftadan so'ng 74 yoshni qarshi oladi. U mamlakat quyi divizionining tur uchrashuvi doirasida "Makkabi Ramat Gan" klubiga qarshi (1:5) maydonga tushib, futbol tarixidagi yosh eng katta posbonga aylandi.



Isaak Xayik Iroqda tug'ilgan bo'lib, 4 yoshida Isroilga ko'chib kelgan. Mazkur bahs yakunlanganidan keyin esa u yana bir o'yinda qatnashib, faoliyatini tugatmoqchiligini aytgan.

Avvalgi rekord natija urugvaylik Roberto Karmonaga tegishli edi. Ushbu darvozabon "Pan-de-Asukar" klubi safida 53 yoshida asosiy tarkibda maydonga tushgandi.