So’nggi yangiliklar

04:32"Жар"да қорбўрон ўйнаган "Ал Ҳилол" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 04:28ОФК ЭЧЛ. "Ал Васл" ғалабани қўлдан чиқарди  0 04:15А Серия. "Ювентус" ғалаба қозониб, кучли тўртликка қайтди  1 01:11"Ал Ҳилол" устози: "Биз ушбу мусобақанинг финал баҳсида ўйнашни мақсад қилганмиз"  1 23:40Пицца тайёрловчи компания МЮ устидан кулди  7 23:11Озарбайжон. Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жалолиддинов захирадан баҳсга қўшилди  2 22:58ОФК ЭЧЛ. Эрондаги баҳсда гол киритилмади, Машарипов захирадан майдонга тушди  4 22:34“Ал Ҳилол”нинг мусулмон футболчилари рўза тутишмоқдами?  9 21:53FA Гвардиоланинг Англия Кубогидаги тўп ҳақидаги шикоятларига жавоби: "У ФИФА талабларига мувофиқ синовдан ўтказилди"  1 21:38Гвардиолага Англия Кубогидаги тўплар ёқмаяпти  1 20:39Футбол олами. Суперлига-2025'га ким қандай тайёрланди?  2 20:25"Истиқлол" - "Ал Насср". Таркиблар эълон қилинди  7 19:48"Ал Ҳилол" Собослаи учун 120 млн евро тўлашга тайёр  7 19:22ФИФА Покистон футбол федерациясига нисбатан қўлланган санкцияларни бекор қилди  0 18:56Роналду ким(лар)га ҳавас қилган?  16

Tanishing, “Bunyodkor”ning yangi futbolchisi: SHahzodbek Nurmatov Yangiliklar

Tanishing, “Bunyodkor”ning yangi futbolchisi: SHahzodbek Nurmatov

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mavsumlar oralig'ida o'z safini iqtidorli hujumchi bilan to'ldirdi.

Bekobodning “Metallurg” jamoasidagi o'yinlari orqali muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan SHahzodbek Nurmatov bundan-buyon “qaldirg'ochlar” sharafini himoya qiladi.

Nurmatov oliy ligadagi debyut uchrashuvini 2011 yili “Dinamo” tarkibida “Mashal”ga qarshi o'tkazgandi. Samarqaddagi yarim yillik faoliyatidan so'ng hujumchi keyingi taqdirini Bekobodning “Metallurg” klubi bilan bog'ladi. SHahzodbek Nurmatov “Metallurg” safida deyarli besh yil to'p tepdi. U umumiy hisobda chempionat bahslarida 108ta uchrashuv o'tkazib, raqiblari darvozasiga 35ta gol urdi.

SHahzodbek o'z harakatlari bilan O'zbekiston yoshlar, olimpiya va hatto milliy terma jamoa murabbiylari etiborini ham qarata oldi. U Vatanimizning bosh jamoasi safida uchta o'yinda ishtirok etishga ulgurdi.

Hujumchi endi “Bunyodkor” sharafini himoya qiladi. Uning “qaldirg'ochlar” tarkibidagi faoliyati yanada muvaffaqiyatli bo'lishiga umid qilib qolamiz.

BIZNING MA'LUMOT
To'liq ismi: Nurmatov SHahzodbek Sodiq o'g'li
Tug'ilgan sanasi: 18.09.1991
Tug'ilgan joyi: Toshkent shahri
Ampluasi: Hujumchi
Bo'yi: 185
Vazni: 76

O'ynagan jamoalari:

Yil     

Jamoa

O'

G

2015          

“Metallurg” (Bekobod)        

26       

10      

2014

“Metallurg” (Bekobod)

21

8

2013

“Metallurg” (Bekobod)

20

9

2012

“Metallurg” (Bekobod)

26

8

2011

“Metallurg” (Bekobod)

6

0

2011

“Dinamo” (Samarqand)

9

0


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика