So’nggi yangiliklar

02:10Ашурматов: "Уругвайда қандай таркиб бўлишини бизга қизиғи йўқ"  0 01:57Шомуродов: "Биринчи навбатда натижа учун ҳаракат қиламиз"  1 00:16Ўзбекистон U20 Қозоғистон U20ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 22:55Кафу: "Бразилия ЖЧ-2026ни ютиши мумкин"  2 22:31Пепе Хаби Алонсо ҳақида: "Бу клубнинг талаблари жуда катта"  0 22:13Зидан: "Мен қайтаман"  0 21:47Рустамбек Фомин: "Бу термада ўзгаришлар кўп бўлди. Шу сабабдан бўлса керак, пастроқ темп кузатилди"  1 21:11Азизбек Тўлқинбеков: "Жаҳон чемпионатигача ишлашимиз керак бўлган жиҳатларимиз кўп"   0 20:54Қувончбек Абраев: "Озарбайжон билан илк баҳсдан тўғри хулоса чиқариб бугун гол урдик"   0 20:38Жамолиддин Раҳматуллаев: "Бугун асосий мақсад натижа эмасди"  1 20:12Равшан Ҳайдаров: "Натижа бор, лекин ўйин борасида саволларимиз кўп"   5 19:47Финалиссима Осиёда бўлиши мумкин  5 19:26"Қизилқум" назорат ўйинида "Бухоро"ни мағлуб қилди  3 19:04Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U20 Қозоғистон U21 термасини кичик ҳисобда мағлуб этди  15 18:56Коло Туре Гвардиола штабида ишлаётгани ҳақида: "Менга айнан шу етишмаётганди"  0

Tanaffusga tantana bilan. "Nasaf"ni kim to'xtatadi? Yangiliklar

Tanaffusga tantana bilan. "Nasaf"ni kim to'xtatadi?

Teglar :  Nasaf Superliga
Ketma-ket 5 yildan buyon chempionlikni poytaxt klubi "Paxtakor" o'ziniki qilib kelmoqda.

Joriy mavsumda esa bu borada o'zgarish bo'lishi kutilmoqda. Qarshining "Nasaf" jamoasi dadil qadamlar bilan tarixiy onlar sari yaqinlashyapti deya olamiz. "Ajdarlar"ning g'alabali yurishlari fonida qolganlarning ochko yo'qotishi ham oradagi farqni kattalashtirayotgani tayin. Keling, shu o'rinda jamoaga oid qiziqarli malumotlar va oldinda kutilayotgan o'yinlar bilan tanishtiramiz. Qiziq, Ro'ziqul Berdievni kim yo'lda to'xtatishi mumkin?


1. Uydagi ko'rsatkichlar 

"Nasaf" 2024 yilgi mavsumda uyda mag'lubiyatga uchramagan va eng ko'p ochko (23) jamg'arayotgan jamoa bo'lib turibdi. Jamoa 9 ta bellashuvning 7 tasida g'alabani begona qilgani yo'q, yana 2 ta bahsda raqibi bilan murosa ko'chasini tanladi. Vaholanki, 2023 yilda 13 ta o'yinda 7 g'alabani qo'lga kiritgan va 25 ochko to'plagan edi. Oldinda yana o'yinlar borligini hisobga olsak, bu boradagi natija yana yangilanadi. 

2. Mehmondagi holat va qolgan raqamlar

Mazkur jadvalda "So'g'diyona" 16 ochko bilan etakchilik qilmoqda. "Nasaf" 15 ochko yig'di va 2 o'rinni egallab turibdi. Bu yilgi yagona mag'lubiyat ham safarda "So'g'diyona"dan qabul qilib olindi. O'tgan mavsumda 23 ochko bilan 3-o'rinda yakunlagan. 

Superligada eng kam gol o'tkazgan jamoa - "Nasaf", 17 ta o'yinda 9 ta gol. 

To'plar nisbati eng yaxshi jamoa - "Nasaf" +16

Oxirgi 5 ta o'yinda eng ko'p ochko ishlagan jamoa - "Nasaf" 15 ochko 

3.  Sentyabr taqvimi

"Andijon"ga qarshi o'yindan so'ng "ajdarlar" kichik tanaffusga yo'l olishdi. Endilikda klub 13 sentyabr kuni Namanganda "Navbahor"ga qarshi maydonga chiqadi. 18 sentyabrda OCHL ("Al Quvayt") uchrashuvidan qaytgan jamoa 4 kun o'tib o'z maydonida OKMKni qabul qiladi. Ko'rinib turibdiki ketma-ket ikkita jiddiy raqiblar va ulardan biri turnir jadvalidagi raqobatchi. Sentyabr oyini "Bunyodkor" bilan Toshkentdagi to'qnashuv yakunlab beradi. Demak, "Nasaf" 14 kun ichida 4 ta bahsda maydonga chiqadi. Ayni paytda jamoa hisobida 38 ochko mavjud. Ikkinchi o'rindagi "So'g'diyona"dan 8 ochko oldinda.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика