So’nggi yangiliklar

12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  1 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  10 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  1 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  4 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  16 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  9 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  2 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  4

Tanaffusdan oldin: A Seriya 7-turiga prevyu Yangiliklar

Tanaffusdan oldin: A Seriya 7-turiga prevyu

Bugun Italiya A Seriyasining navbatdagi tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Lacio" - "Yuventus"

"Zenit" bilan bo'lgan o'yindan so'ng ko'p savollar tug'ilmoqda. Bahsda Immobile, Luis Alberto, Leyva va Laccari maydonga tushishi aniq emas. Katta ehtimol bilan "byankochelesti" bu safar ham Sankt-Peteburgdagi tarkib bilan maydonga tushadi. "Yuventus" futbolchisi Remsi jarohat olib, safdan chiqqan. SHuningdek, De Ligt va Aleks Sandro ham o'yinni o'tkazib yuboradi. Ammo Ronaldu-Morata juftligi CHempionlar Ligasida yaxshi o'yin namoyish eta oldi va buni A Seriya uchrashuvida ham davom ettirishga tayyor turibdilar. Jorjjio Kellini ham asosiy tarkibda maydonga tushadi.

Har ikki jamoa ham mavsumni u qadar yaxshi boshlamagandi. Bu ham etmagandek, "Lacio"ning ishlari chatoq: jamoa 10-o'rinni egallab turibdi. So'nggi o'zaro bahsda "keksa sinora" 2:1 hisobida g'alaba qozongandi, qolaversa, bugungi o'yinda ham turinliklar favorit hisoblanadi. Tarkibda o'zgarishlar qilish bo'yicha Indzagidan ko'ra, Pirloning imkoniyatlari yuqori. "Burgutlar"ning tarkibi biroz noaniq bo'lgani uchun muvaffaqiyat qozonishlarini taxmin qilish biroz qiyin. Ammo bu uchrashuv qiziqarli o'tishi aniq.


"Atalanta" - "Inter"

Ikki jamoa ham bir necha kun avval CHempionlar Ligasida ishtirok etdi. "Inter" "Real" bilan bahsda durangga erishishi mumkin edi, ammo 80-daqiqada gol o'tkazib yubordi. Lekin "Atalanta" gol urmagani etmagandek, "Liverpul"dan 5ta to'p o'tkazib yubordi. Gasperini jamoasida yo'qotishlar bor: De Ron va Gosens o'ynamaydi, biroq ularga o'rinbosarlar bor. Malinovskiy va Ilichichga imkon berilishi mumkin. "Inter"da Lukaku va Sensini hisobga olmaganda, deyarli barcha o'yinchi safga qaytgan. SHu sababli Kontening ixtiyorida deyarli to'liq tarkib bor, faqatgina ularni to'g'ri joylashtira olsa bo'lgani.

So'nggi o'zaro uchrashuvda "Inter" safarda 2:0 hisobida g'olib bo'lgan, ammo u o'yin deyarli katta ahamiyatga ega emasdi. Bu galgi uchrashuvda "neradzurri" favorit sanalmoqda. To'g'ri ularda bir talay muammo bor, lekin "Atalanta" o'yinchilariga birdamlik etishmayotganga o'xshaydi.


"Bolonya" - "Napoli"

"Bolonya"ning tarkib bilan bog'liq muammolari ko'p: kimnidir sog'ligi yomon bo'lsa, kimdir jarohat olgan. Katta ehtimol bilan Sinisha Mixaylovich tarkibni o'zgartirmaydi. "Napoli"ning ishlari joyida, Osmixen Evropa Ligasida ishtirok etmadi, biroq startdan maydonga tushishga tayyor. Gattuzo harakatlari uchun keng zona bor, shu sababli payshanbadagi o'yindan keyin "partenopeyclar"ga qiyin kechadi deyish noto'g'ri. O'tgan turda "Napoli" mag'lub bo'lgani uchun bu safar "Bolonya"dan g'alabani tortib olishi va bor kuchi bilan o'ynashi muhim.

So'nggi o'zaro bahsda jamoalar durang natija qayd etgandilar. Lekin ushbu uchrashuvda "Napoli" favoritdir. Qolaversa, Gattuzo shogirdlari ancha kuchli hamda "Napoli" etakchilardan biri sanaladi.


"Jenoa" - "Roma"

Hamyurtimiz Eldor SHomurodov maydonga tushishi hali aniqmas, qolaversa, Rolando Maran bir qator o'yinchilardan ham umid qilolmaydi. Jamoa chorshanba kuni "Torino"ga qarshi bahsda mag'lubiyatga uchragandi. SHu sababli "grifonlar" bundan hali o'ziga kelganmi yoki yo'q, aniqmas. "Roma" esa Evropa Ligasida muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Fonseka yuqori tempni saqlab qolish uchun rotaciya borasida puxta o'ylab ko'rishi kerak. Uning baxtiga, tarkibda yo'qotishlar ko'p emas.

So'nggi o'zaro uchrashuvda "bo'rilar" Genuyadan 3:1 ochko bilan qaytishgandi. Aynan shuning uchun ham "Roma" kuchliroq ko'rinmoqda. Aslida ikkisi ham o'yinga to'liq tayyormas. SHu sababli bahs juda qiziqarli bo'lmasligi ham mumkin. Bunday vaziyatda individual mahorat va standartlar bo'yicha o'ynash ko'nikmalari yordam beradi. Bu borada "Roma"ning imkoniyatlari yuqoriroq.


"Milan" - "Verona"

Musakko hali ham shifoxonada ekanini hisobga olmasak, "Milan" safida yo'qotishlar yo'q. Pioli shogirdlari Evropa Ligasida yutkazgani hech kimni quvontirgani yo'q, ammo "rossoneri" A Seriyada etakchi ekanini hisobga olsak, jamoa mag'lubiyatni unutib, oldinga yurishga tayyor turibdi. "Verona"da esa bir nechta muammolar bor, ammo ularning baxtiga Kalinich safga qaytishi va hozir ajoyib formada bo'lgan Barak bilan asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli bor.

So'nggi o'zaro o'yinda durang qayd etilgan — 1:1. Hech bir gap so'zsiz, "Milan" favorit sanaladi. "Rossoneri" ichki chempionat turnir jadvalida 1-pog'onani egallab turibdi hamda A Seriyadagi eng sifatli o'yinni namoyish etmoqda. Zlatan haqida esa ortiqcha gapirmasa ham bo'ladi... Stefano Pioli juda kuchli o'yinchilarni yig'a oldi, ular yoshi katta bo'lishiga qaramay, barchani hayron qoldirishda davom etishmoqda. "Verona"ning ishlari ham yomon emas, biroq Milandan ochko olib qaytishi ancha qiyin kechadi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика