So’nggi yangiliklar

03:00Ла Лига. "Барселона" меҳмонда ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, каталонияликлар биринчи ўринга қайтишди  31 02:47А Серия. Лаутаронинг голи "Интер"га "Женоа" устидан ғалабани тақдим этди, миланликлар вақтинча биринчи ўринга кўтарилишди  0 00:53"Ювентус" АПЛдан италиялик футболчини ўз сафига қўшиб олиши деярли аниқ, аммо...  0 00:38Бундеслига. "Боруссия" ўз уйида "Унион"га жавобсиз 6та гол урди, "Байер"дан меҳмондаги ишончли ғалаба  1 00:34АПЛ. Рэшфорддан 2та ассист, Асенсиодан 2та гол — "Астон Вилла" ўз уйида "Челси"га қарши камбэк эвазига ғалабага эришди  13 00:28Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Валенсия"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, вақтинчалик биринчи ўринга чиқиб олди  8 00:01А Серия. "Торино" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  9 23:05Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" даҳшатли камбэк эвазига меҳмонда ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ўйнади  9 23:01Гвардиола Эдерсоннинг ўрнига испан дарвозабонни олиб келадими?  2 22:30"Барселона" Франция чемпионатидаги ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи  2 22:04АПЛ. "Арсенал" кутилмаганда ўз майдонида мағлуб бўлди, "Тоттенхэм" эса меҳмонда 4та гол урди  24 20:58Назорат ўйини. "Сўғдиёна" Россия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:30Назорат ўйини. "Шўртан" Тожикистон жамоасига мағлуб бўлди  4 19:52Анчелотти ЧЛ қуръасидан сўнг "Атлетико"нинг твити ҳақида: "Твит нима ўзи? Вақтимиз кўпроқ бўлганида тушинтириб берарсиз"  16 19:45АПЛ. "Манчестер Юнайтед" 0:2ни 2:2га айлантирди  48

Tanaffusdan oldin: A Seriya 2-tur prevyusi Yangiliklar

Tanaffusdan oldin: A Seriya 2-tur prevyusi

Bugun A Seriyaning navbatdagi tur uchrashuvlari start oladi.

"Verona" - "Inter"

Velozuning diskvalifikaciya qilinganini hisobga olmasa, "Verona"ning tarkib bilan bog'liq muommlari yo'q. Uning o'rniga hamma ishni Tamez bajaradi. Lekin tarkib so'nggi uchrashuvdagidan katta farq qilmasa kerak. "Inter"ga kelsak, Lautaro-Jeko juftligini ko'rishimiz mumkin. Boshqa jihatlarda Indzagi sinalgan jangchilarga ishonch bildirsa ajab emas. Aytgancha, jamoaning yangi xaridi Xoakin Korrea qaydnomaga kiritildi va ikkinchi bo'limda maydonga tushsa kerak.

Oxirgi o'zaro o'yinda "Inter" 1-0 hisobida zafar quchgan, g'alaba golini esa Darmian urgandi. Hozir ham uchrashuvdan avval "neradzurri" favorit. Ha, jamoa safarda o'ynaydi, lekin "Verona" o'tgan turda ham yorqin o'yin ko'rsata olmadi va jamoa "Inter"ning hujumdagi yulduzlarini to'xtatishi qiyin bo'ladi. Bu bellashuvda ko'plab gollar ko'rsak ajab emas.


"Yuventus" - "Empoli"

Hamma Krishtianu haqidagi yangiliklar og'ushida qolgan bir paytda, "Yuventus" o'tgan turdagi muvaffaqiyatsizlik yukidan qutilishi muhim. Katta ehtimol, tarkibda o'zgarishlarni ko'ramiz. Rabo va Remsi maydonga tushmaydi, shuning uchun markazda Bentankur bilan universal Daniloga ishonch bildirilsa kerak. Oldinda to'rtlik: Keza, Bernardeski, Dibala va Kulushevski. "Empoli" tarkibida hali tiklanib ulgurmagan Lorenco Tonellini hisoblamasak, yo'qotishlar yo'q. Umuman olganda tarkib 1-tur bilan solishtirganda u qadar keskin o'zgarmasa kerak.

Oxirgi marta "Yuventus" kichik 1-0 hisobida g'alaba qozongan. Tabiiyki, "keksa sinora" ushbu juftlikning yaqqol favoriti. "Empoli" "Lacio" bilan qiziq o'yin ko'rsatib berdi, biroq jamoa Allegri "to'dasini", qo'shimchasiga Turinda to'xtatishiga ishonish biroz qiyin. Buning uchun chinakamiga mo'jiza yuz berishi zarur.


"Salerntina" - "Roma"

"Salernitana" 1-turda tomoshabop o'yin namoyish qilib berdi. Katta ehtimol bilan, qizil kartochka olgan Stefan Strandbergdan tashqari, oxirgi bahsda maydonga tushganlarning barchasini "Roma"ga qarshi o'yinda ham ko'ramiz. Mourino esa tarkibni tubdan o'zgartirib yuborishi mumkin. Zanolo qizil kartochkasi sabab, asosiy tarkibda Peres tushirilsa kerak. U Mxitaryan bilan birgalikda maydonda insayd rolini bajaradi. Abraxam avvalroq kichik jarohat olgandi. SHuning uchun, kata ehtimol bilan SHomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi. Nima bo'lganda ham, "Fiorentina"ga qarshi bahsdagi golli pasidan keyin hamyurtimizga asosiy tarkibda imkon berilishi haqiqatga ancha yaqin.

Oxirgi marta bu jamoalar 1999 yil uchrashishgandi. Ha, aytgancha, o'shanda "Salernitana" kuchliroq chiqqandi — 2:1. Hozir esa, albatta, "bo'rilar" favorit hisoblanadi. Joze Mourino uchun taqvim juda qulay: A Seriya "tamini" eslab olish uchun barchasi bor, shunday ekan g'alaba qozonish zarur.


"Jenoa" - "Napoli"

"Inter"ga qarshi bo'lgan o'yindan keyin Balardini o'zgarishlar qilsa ajabmas. U mavsum startidan qoniqmagani aniq. Bu safar Goran Pandev o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlab, tezkor Ekuban asosiy tarkibga kiritilsa kerak. "Napoli"ning tarkib bilan bazi muammolari mavjud, Zelinski va Demme maydonga tusha olmaydi. SHuning uchun markazda Lobotki va Elmaga imkon beriladi. Hujum chizig'ida esa Insine, Politano va Lozano uchligi kutilmoqda. Spalletti asosiy urg'uni tezlikka qaratsa kerak.

Oxirgi o'zaro o'yinda, aynan shu stadionda "Jenoa" 2-1 hisobida g'alaba qozongandi. Lekin hozir bukmekerlar "Napoli"ni yaqqol favorit sifatida ko'rmoqda. CHindan ham "grifonlar" o'tgan o'yinda umuman o'zlaritga o'xshashmadi, shunday ekan Spalletti jamoasida yo'qotishlarga qaramay, revansh olish uchun yaxshi imkoniyat mavjud.


"Atalanta" - "Bolonya"

Froyler safga qaytmoqda va bu Gasperini uchun juda yaxshi xabar. De Ron yo'qligini inobatga olsak, uning foydasi tegishi aniq. Malinovskiy bu safar o'yinni o'rindiqda boshlaydigan ko'rinadi, asosiy tarkibda esa Evropa chempioni Pessinani ko'ramiz. U Ilichich bilan birga Murielni ortidan hujumga qo'shiladi. "Bolonya"da esa muammolar ko'proq va vaziyat og'irroq. Teatro va Soriano bellashuvni qizil kartochkalar sabab o'tkazib yuborishadi. Deyks va Santander esa jarohat olishdi. Jamoa ishqibozlari baxtiga Arnautovich o'yinga tayyor va aynan u asosiy yukni o'ziga olishi talab qilinadi.

Ushbu jamoalarning so'nggi bellashuvida "Atalanta" "Bolonya" darvozasiga 5 ta gol urgandi. Hozir ham bukmekerlar mehmonlarning imkoniyatlarini bu o'yinda ham juda past baholashmoqda. "Atalanta" yaxshi futbol namoyish qilmoqda va vaziyatga moslashishi, yo'qotishlar o'rnini boshqa futbolchilar bilan yopib ketishi mumkin, ammo "rossoblu"da bunday tanlash imkoniyati yo'q. SHuning uchun "Atalanta"dan yana bir ishonchli g'alaba kutishga asoslar etarli.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика