Tayyorlov guruhlari: “Nasaf-97” chempion!
19 noy 2013 09:39
Yangiliklar

Tayyorlov guruhlari: “Nasaf-97” chempion!
Qarshi shahrida o'tkazilgan oliy va birinchi liga klublarining tayyorlov guruhlari musobaqasi respublika bosqichi yakunlandi.
Musobaqada ishtirok etishgan “Bunyodkor” futbol maktabining 1997 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari guruh bosqichini 2-o'rinda yakunlashib, yarim finalda “Paxtakor” bilan kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi – 2:2. SHundan so'ng g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Lotoreyalar bahsida omadliroq chiqishgan bunyodkorchilar 4:2 hisobida g'alaba qozondilar.
Dmitriy Kim va Ravil Bekchintaev boshchiligidagi futbolchilarimiz bosh sovrin uchun finalda musobaqa mezbonlari – “Nasaf” bilan bellashishdi. O'yin davomida ikki nafar tarbiyalanuvchimizning maydondan chetlatilganligi o'z tasirini o'tkazib, jamoamiz 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Joriy yilgi tayyorlov guruhlari musobaqasi “Bunyodkor” futbol maktabi uchun yaxshi o'tdi, deyish mumkin. Boisi 1999 yilda tavallud topgan futbolchilarimiz g'olib chiqishgan bo'lsa, 1997 yilda tug'ilganlar ikkinchi o'rinni egallashdi.

Fikrlar