So’nggi yangiliklar

13:48Сречко Канатец: "Фақат югураверишнинг фойдаси йўқ, ақлни ҳам ишлатиш керак"  0 13:23Шомуродовнинг клубдоши фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  2 12:54Зидан "Манчестер Юнайтед" бошқарувига келиши мумкин  4 12:26"Барселона" собиқ хавбеки фаолиятига якун ясади  4 11:59Стивен Бергвейн: "Саудия Арабистонида рақобат Нидерландиядагидан юқорироқ"  4 11:32Лени Йоро "Реал"ни эмас, балки МЮни танлаганининг асл сабаби маълум бўлди  1 11:16Италия терма жамоаси ҳимоячиси Исроилга қарши ўйинда қатнашмайди  1 10:48ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  6 10:36Расман: "Истиқлол" стадионида Ўзбекистон кубоги финалига қадар бирорта ўйин ўтказилмайди  9 10:20"Реал" Холандни қандай шароитда сотиб олиши мумкинлиги маълум бўлди  8 09:41"Арсенал" футболчиси фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  3 09:00"Манчестер Юнайтед"нинг энг кўп маош олувчи футболчилари (топ-10) рейтинги тузиб чиқилди  6 08:32Футзал. Куба терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 08:00Мемфис Депай фаолиятини Бразилияда давом эттиради. Футболчининг қанча ишлаб олиши маълум  1 07:25Про лига. Бугун 19-турга старт берилади  1

Tajribali, tashabuskor ustoz Yangiliklar

Tajribali, tashabuskor ustoz

O'qituvchi. Bu so'z zamirida olam-olam mano mujassam. Ziyo tarqatuvchi. Ilm bog'ining bog'boni. Ko'ngillarni ziyo nuri birla to'ldirguvchi zot.

O'qituvchilik azal-azaldan etiborli kasb hisoblanadi. Dunyoning hech qaysi mamlakatida o'qituvchi-murabbiylarga nisbatan bu qadar etibor qaratilmagan,ezozlanmagan.

Yurtimizda birinchi prezidentimiz Islom Karimov farmoni bilan 1997 yildan boshlab 1 oktyabr “O'qituvchi va murabbiylar kuni” umumhalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelmoqda. Jamiyatning buguni va ertasi, uning madaniy-marifiy-manaviy salohiyati talim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Talim tizimidagi muvaffakiyati ko'p jihatdan o'qituvchi va murabbiylarning fidokorona mehnatlariga bog'liq ekanligi barchamizga ayon.
Ustoz deganda, har qaysi inson ko'nglida chuqur hurmat-ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg'ulari,shu bilan birga,hech qanday boylik bilan o'lchab, ado qilib bo'lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo'ladi. Yorug' olamda onadek mehribon, otadek g'amg'ur, har birimiz uchun aziz va mutabar bo'lgan zotga xalqimiz azaldan hurmat bajo etgan.

Aziz xalqimizning bir naqlida: “Sen odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi bo'lsang, bo'g'doy ek, un yil yaxshilik qilmoqchi bo'lsang, talim- tarbiya ber”-deyilgan.SHu bois qadimdan kishilar o'z zurriyotlarini ustoz qo'liga topishirar ekanlar, “Eti sizniki, suyagi bizniki”deb ustozga nisbatan ishonch bildirishgan.
Olamning gultojisi inson bo'lsa ular orasida suyuklisi ustoz-muallimdir. Ustozlar haqida so'z ketganda beixtiyor beg'ubor bolaligimiz, orzu intilishlarga to'la bolalik yillarimiz, ilk bora qo'limizga qalam tutkazgan birinchi o'qituvchimiz ko'z oldimizda gavdalanadi. Bizlarning xar-bir savolimizga chuqur etibor va bosiqlik bilan javob beruvchi,elning nazaridagi birinchi muallim.

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani markazida tug'ilib-o'sgan, yoshligidanoq sport bilan do'st tutingan, 36 yildan buyon yosh avlodni sog'lom, kuchli, baquvvat qilib tarbiyalash yo'lida samarali faoliyat yurtib kelayotgan  chempionlar ustozi Nuriddin Poyanov  yuqoridagi tarifga loyiq. U kishi 1978 yilda Qarshi pedagogika bilim yurtining jismoniy tarbiya fakultetini tamomolagan. Dastlab 61-umumtalim maktabida,1988 yildan beri,esa 7-umumtalim maktabida  jismoniy tarbiya o'qituvchi hamda tuman Bolalar va o'smirlar sport maktabida futbol murabbiyi sifatida ishlab, o'zining bor bilimi, mahorati, kuch-quvvatini jismoniy tarbiya darslarida samaradorligini oshirish, yoshlar orasidan ko'proq  iqtidorli sportchilar tayyorlab etishtirishga sarflamoqda.

Mazmunli yillar, salmoqli natijalar

2011 yil O'zbekiston mustaqilligi 10 yilligi ko'krak nishoni sohibi, viloyat, tuman halq talimi tomonidan ko'p bora faxriy yorlig'lari bilan taqdirlangan. Bu muallim erishgan va erishayotgan natijalarni sanab o'tmasak uning faoliyati to'g'risida to'liq malumotga ega bo'la olmaymiz.  Ilk ish boshlagan 1980-1981 yillardayoq jismoniy tayyorgarlik mashg'ulotlarini boshlang'ich sinflarda namunali o'tkazish bo'yicha viloyat miqyosida tanildi. O'quvchilari futbol bo'yicha musobaqalarda g'olib chiqib, viloyat musobaqalarda ham o'z mahoratlarini ko'rsatishga erishdilar.

Nuriddin Poyanovning futbolchi shogirdlari  umumtalim maktab o'quvchilar o'rtasida  o'tkazilib kelanayotgan “Umid nihollari”musobaqalarida,ayniqsa, sovrinli o'rinlarni egallamoqda.

2012, 2013, 2014, yillardagi viloyat bosqichilarida ishtirok etgan bir qator shogirdlari tomonidan qo'lga kiritilgan 30 ortiq oltin, kumush, bronza medallari ham yaqqol dalildir.

Qisqa qilib aytganda, Nuriddin Poyanov hozirga qadar 180 ziyod viloyat chempionlari, 70 ortiq turli musobaqalar ishtiroklarini tayyorladi. O'nlab shogirdlari, sobiq o'quvchilari ayni kunlarda kasb-hunar kollejlari, umumtalim maktablariida ishlayapti, Quroli kuchlar saflarida, Ichki ishlar idoralarida faoliyat ko'rsatishayapti.


Izlanish va intilish –doimiy shiori
Darhaqiqat, Nuriddin Poyanov 7- umumtalim maktabidagina emas, balki tuman futbol federaciyasi 1-vice prezidenti va  viloyat ikkinchi ligasi ishtirok etuvchi  “Zafar” futbol klubi rahbari hamda tuman bolalar va o'smirlar sport maktabida ham tajribali murabbiy sifatida nom qozonishda har bir mashg'ulotda jiddiy qarashi, ijodkorlik bilan yondoshi muhim omillardan bo'lmoqda.

Futbol sport turi joni dili Futbol tili bilan aytganda, u kishni “organizator” deb atashadi. Nuriddin Poyanov o'z ishining ustasi.Bunga shuhba bo'lishi mumkin emas, U futbolni yanada jozibali qilish uchun tashkiliy ishlarda nimalarni bajarish lozimligini yaxshi biladi.“Zafar” futbol klubi  rahbar sifatida faoliyat olib borgan holda ularni muvaffaqiyatlar sari etaklay olgan. SHu bilan birgalikda  klubning taraqqiyoti yo'lida jonbozlik ko'rsatmoqda. Umuman olganda, Nuriddin Poyanovning el oldida hurmati katta. Doim ishlayotgan joylarida o'zidan iliq taassurotlar qoldirmoqda.

SHogirdlaridan faxrlanadi
O'z vaqtida  futbol buyicha O'zbekiston yoshlar, o'smirlar terma jamoalarida va o'zbekiston chempionati oliy ligasida “Nasaf”(Qarshi),”Mashal”(Muborak), “SHo'rtan” (G'uzor), ”Dinamo”(Samarqand), “Navbahor”(Namangan), jamoalarida to'p surgan iqtidorli hujumchi O'zbekiston chempionati bir qator sovrindori  Jasur Boboev, Qarshining “Olimpiya” jamoasi safida o'ynagan viloyat ikki ligasida qatorasiga uch mavsum “mavsum to'purar” degan sharafli nomga ega bo'lgan va keyinchalik “Nasaf” klubi yoshlar jamoasi azosi bo'lgan SHahzod Tilovovlarning yutuqlarida murabbiyning mehnatlarining samarasi ko'rib turibdi.Ko'plab shogirdlarini yutuqlarini ko'rib ulardan faxrlanadi.

Mazkur yutuqlar mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq bolalar sportini rivojlantirish davlatimiz olididagi eng muhim ustivor  vazifalardan biri etib belgilanganining amaldagi yana bir tantanasidir. Ezgu orzu –niyatlarimizni amalga oshirish asnosida asrga tatiguvlik ishlar qilindi. Bevosita talim yo'nalishidagi jadal islohotlar barobarida o'ziga xos kichik olimpiadalar nomini olgan olgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Unversiada” sport musobaqalari tashkil etildi. Yurtimizning eng chekka qishloqlarida ham bolalarni sportga oshna bo'lishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi va yaratilmoqda.
-Bolalarni 3-5 yoshdan sportga jalb etish katta ahamiyatga ega,-dedi chempionlar ustozi Nuriddin Poyanov-CHunki aynan shu davrda har bir bolaning xarakteri shakllana boshlaydi,hayotga teran ko'z qarashga o'rganadi. Sportga mehr qo'ygan bola bir umr sportga ona bo'lib qoladi. Sport bolaning nafaqat salomatligi, balki zararli illatlardan uni himoyalaydi,xarakterini toblaydi.Yoshlik chog'idan sport bilan do'st bo'lish bolaning o'z ustidan ishlashi, musobaqalarda qatnashishi orqali qatiylik va mardlik xususiyatlarining shakllanishi, g'alabaga bo'lgan intilishi, tabir joiz bo'lsa avvalo o'z ustidan g'alaba qozonishi, bir so'z bilan aytganda mustahkam irodaga ega bo'lishi uchun puxta zamin yaratiladi.

Jonkuyar o'qituvchi-murabbiy Nuriddin Poyanov erishayotgan yutuqlar, shogirdlari qo'lga kiritayotgan g'alabalar haqida yana ko'p yoza bo'ladi. Yaxshisi , u kishining  ish tajribasini yosh murabbiylar  o'rnak olsa arziydi.

Sport sohasida butun dunyoda birdek etirof etiladigan tushunchalar mavjud. Ular orasida eng mashhur bo'lgan iboraga to'xtaydigan bo'lsak, birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, hech bir narsa mamlakatni sportchalik dunyoga tez tanita olmaydi. Qolaversa, farzandlari sog'lom yurt qudratli, uning kelajagi har jihatdan to'kis, baxtli hamda faravon bo'ladi.


Faxriddin CHORIEV.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика