Afsonaviy Robben yana maydonga qaytdi
22 avg 2020 22:12
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/588249_original.jpg)
![](/upload/storage/588249_220.jpg)
Afsonaviy Robben yana maydonga qaytdi
27 iyun kuni Aren Robben katta futbolga qaytgani to'g'risida xabar qilingan edi.
Rasmiy xabar: Robben futbolga qaytdi!
Bugun 36 yoshli vinger faoliyatini qayta tiklaganidan so'ng ilk bor maydonga tushdi.
Niderlandiyalik futbolchi "Groningen" safida "Almere Siti" jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini asosiy tarkibda boshladi va uchrashuvning 30-daqiqasida zahiraga olindi. Robben almashtirilganda uning jamoasi 0:1 hisobida yutqazayotgan edi, ammo uchrashuv yakuniga qadar "Groningen" futbolchilari muvozanatni tiklab, durangga erishdilar.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar