So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  9 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

Tailanddagi musobaqadan dastlabki taassurotlar FOTO Yangiliklar

Tailanddagi musobaqadan dastlabki taassurotlar FOTO

Tailand poytaxti Bangkok futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

OFK futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati Tailand poytaxti Bangkok shahrida start oldi. Takidlash joiz, mazkur yosh toifasidagi Osiyo chempionati OFK tasnifida ilk bora o'tkazilmoqda. Futzal sport turi ayni damda dunyoda ancha rivojlandi va dunyo miqyosida o'z o'rni va obro'siga ega bo'lib bormoqda. Qolaversa, qitada futzal so'nggi yillarda ancha rivojlandi. Eron terma jamoasi Jahon chempionatida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Jahon chempionati bahslarida Osiyo jamoalari munosib ishtirok etib kelishmoqda. Osiyo Futbol Konfederaciyasi qitada futzalni rivojlantirish maqsadida bir qator turnirlar tashkil etishni boshlagan. Bungacha, erkaklar va ayollar o'rtasida Osiyo chempionati bahslarini, shuningdek, klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslarini tashkil etib kelgan OFK, endilikda U-20 Osiyo chempionatini o'tkazishga qaror qilgan. Ushbu yosh toifasidagi ilk Osiyo chempionati esa, qitada bir qator futzal musobaqalarini o'tkazishda ancha tajribaga ega bo'lgan Tailandda o'tkazilmoqda.

Osiyo chempionati mezboni
Tailand ayni damda Osiyoda futzal sport turi eng yaxshi rivojlangan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Tailand terma jamoasi Osiyoda futzal sport turida ancha obro'ga ega. Tailand Osiyo miqyosidagi musobaqalarda muntazam ravishda sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan, futzal sport turi ancha rivojlangan mamlakat ekanligini bilamiz. SHuningdek, Tailand bir qator Osiyo chempionatlari mezboni, 2012 yilda futzal bo'yicha Jahon chempionatiga ham mezbonliq qilgan. Bunday xalqaro turnirlarni tashkil etish va mezbonlik qilish tajribasiga ega bo'lgani bois, OFK U-20 yoshlar o'rtasidagi ilk Osiyo chempionati mezbonligini Tailandga topshirgan.



Saviya
Albatta, yoshlar o'rtasidagi bahslar, turnirlar saviya borasida kattalar o'rtasidagi turnirlardan farq qiladi. Yoshlar ishtirokidagi o'yinlar ancha qiziqarli va shiddatliroq o'tadi. SHuningdek, bunday turnirlarda oldindan favoritlarni aytish qiyin. Eron, Yaponiya, Tailand hamda O'zbekiston doimiy favoritlar, ammo bugungi kunda bir qator boshqa terma jamoalar ham saviya borasida qitada etakchi bo'lgan terma jamoalarga yaqinlasha olishdi. Osiyo futzalda bugungi kunda jahonda ham o'z nufuziga ega. Yoshlar o'rtasidagi bunday turnirlar esa, albatta Osiyoda ushbu sport turining rivojiga, saviyaning oshishiga xizmat qiladi.



Favoritlar
Eron – Futzal bo'yicha Eron terma jamoasi barcha yoshdagi terma jamoalar orasida qitada etakchi ekanligi sir emas. Ushbu Osiyo chempionatida ham, Eron eng asosiy favorit. Forslar ilk o'yindayoq turnirga g'alaba uchun kelishganini isbotlashdi va yirik hisobda g'alabaga erishishdi. Albatta, ilk o'yindan keyin ularni eng asosiy favorit deyishga erta. Ammo, jamoa ko'rsatayotgan o'yin, kattalarga hos sovuqqonlik, texnika va jismoniy jihatdan ancha baquvvatligi, ularni asosiy favorit deya atashga majbur qilmoqda. Jamoa turnir davomida katta zaxira bilan o'ynashi va asosiy bosqichdagina haqiqiy kuchini ko'rsatishiga shubha yo'q.



Tailand
Tailand milliy terma jamoasining asosiy futbolchilari doim yoshlardan iborat bo'lgan. Bugungi terma jamoa ham o'z uyida muxlislarni xursand qilishga qattiq kirishgani aniq. Qita futzalida eng kuchli deb etirof etiladigan tailandliklar yuqori texnika, tezlik, taktika kabi jabhalarda eng kuchli terma jamoalardan biri. Terma jamoa yangi murabbiy bilan yangicha uslubda harakat qilmoqda. Qolaversa, mezbonlik faktori ularga yordam berishi mumkin.

Yaponiya – Yaponiya terma jamoasi turnirdagi ilk uchrashuvdayoq mamlakatda futzal hamon etakchi sport turlaridan biri ekanligini ko'rsatdi. Yaponiya yoshlari kattalar singari etarlicha tajribaga ega bo'lmasliklari mumkin, ammo jamoa birinchi o'yinda aynan kattalarga xos o'yin ko'rsatdi. Sovuqqon, kuchli texnika va kuchli ijrochilarga ega yaponlarni ham turnir favoritlari qatoriga qo'shish mumkin.



Sensaciya qilishi mumkin
Indoneziya – Turnir davomida aynan Indoneziya yoshlarini tomosha qilish qatiy tavsiya etiladi. Agar siz shiddatli, gollarga boy, chiroyli va ajoyib kurashlarga boy o'yin ko'rishni istasangiz, aynan indoneziyaliklar o'yinini tomosha qiling. Jamoa kutilmaganda, turnirning dastlabki ikki o'yinida raqiblarini esankiratib qo'ydi. Ilk turda, o'zidan ancha kuchli va tajribaliroq raqib – Tojikiston yoshlarini chiroyli tarzda mag'lub etgan indoneziyaliklar, ikkinchi turda Xitoy Taypeyi yoshlar terma jamoasiga 6ta gol urishdi. Umuman, Indoneziya terma jamoasini favoritlar qatoriga bemalol qo'shish mumkin. Jamoa ko'rsatayotgan o'yin tahsinga sazovor. Jamoa tajribasi kamligi va jamoa himoyasining biroz kuchsizroqligini hisobga olmasa, jamoa uzoqqa borishi mumkin.



Ko'rish tavsiya etiladi
Iroq, Afg'oniston
Iroq hamda Afg'oniston terma jamoalarini ham bemalol favorilar qatoriga qo'shish mumkin. Iroq termasi ancha kuchli futzalchilardan tashkil topgani va katta turnirlarda o'ynash tajribasi ularga yordam berishi mumkin. Terma jamoaning asosiy qismi kattalar terma jamoalarida ishtirok etib kelishadi va bu borada ular ancha tajribaga ega.
Afg'oniston esa, hozircha turnirning eng kutilmagan sensaciyasini namoyish etishi mumkin bo'lgan terma jamoalaridan biri sifatida tilga olinmoqda. SHuningdek, Afg'oniston hozircha turnirdagi eng yirik g'alabaga muallifliq qilmoqda. Albatta, Bruney unchalik jiddiy raqib emas, ammo, Afg'oniston terma jamoasi muxlislar va mutaxassislar tomonidan ancha iliq tarzda baholanmoqda.



O'zbekiston
Xose Mariya Mendes bosh murabbiyligidagi yoshlar terma jamoasi musobaqani Myanma ustidan qozonilgan yirik g'alaba bilan boshladi. Albatta, ilk uchrashuvdagi yirik hisobdagi g'alaba terma jamoaga yaxshi kayfiyat va katta stimul beradi. Terma jamoa turnirda favoritlardan biri va guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlashiga shubha yo'q. Ammo, terma jamoa ilk bor bunday musobaqada ishtirok etmoqda. Tajriba va mahorat bobida bir ikkita terma jamoalarga raqobat qilishga va ular bilan kuch sinashishga majbur qiladi. Ammo, Xose Mariya Mendes tajribali murabbiy va u yoshlar bilan yaxshi natija ko'rsatishga harakat qiladi. Hozircha, terma jamoa musobaqa ishtirokchilari orasida ko'pchilik tomonidan ijobiy baholanmoqda. Terma jamoa mutaxassis va muxlislar tomonidan sirli jamoalardan biri sifatida etirof etilmoqda.


Abdurahmon Fozilov
Bangkok, Tailand

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика