So’nggi yangiliklar

01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  2 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  4 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   49 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  26 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   1 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  3 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  23

Tailand U-23 termasi bosh murabbiyi: "Ilk daqiqadagi goldan so'ng, biz boshqa reja bilan harakat qildik" Yangiliklar

Tailand U-23 termasi bosh murabbiyi: "Ilk daqiqadagi goldan so'ng, biz boshqa reja bilan harakat qildik"

Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo Kubogining 1-turidan o'rin olgan Tailand - Vetnam (2:2) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda Tailand U-23 termasi bosh murabbiyi Vorravut SHrimaka qatnashdi va o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

- Bugun juda qiyin o'yin bo'ldi. Biz birinchi daqiqadayoq gol o'tkazib yubordik. Ammo oxirgi daqiqada hisobni tenglashtirishga erishdik. Ilk daqiqadagi goldan so'ng, biz boshqa reja bilan harakat qildik. SHuni takidlash lozimki, Vetnam jamoasi bugun juda kuchli o'yin ko'rsatdi. Yigitlarim ko'rsatgan bugungi o'yindan xursandman.

- Birinchi bo'limda ikkita o'zgarish qildingiz. Bu futbolda kam uchraydigan holat. Buning sababi nimada edi?

- O'zgarishning maqsadi markazni kuchaytirish edi. Biz bu orqali markazda paslar bilan o'ynab, to'p bilan ko'proq muomala qilishni rejalashtirdik. SHu bilan birga, ikkinchi bo'limning boshida katta shturm bilan boshlashni rejalashtirgandik. Aynan shu sabab ham, maydonga Benjamin Devisni tushirdik. 

- Bu durangga omad sabab bo'ldi deb o'ylaysizmi?

- Unday deb o'ylamayman. Sababi, bizda bir necha imkoniyatlar bo'lgandi. Avvalroq gol urishimiz ham mumkin edi. Albatta, bu bizning birinchi o'yin.

- Keyingi o'yin Malayziyaga qarshi bo'ladi. Birinchi o'yindan so'ng, bu o'yinga tayyorlanish osonroq kechadimi?

- Bizda keyingi o'yinga tayyorlanish uchun ikki kun bor. Endi biroz dam olib yana ishga kirishamiz. Ikki kundan so'ng esa maydonga tushamiz. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика