So’nggi yangiliklar

14:15"Буларнинг барчаси миш-миш" - Игорь Сергеев МТЖга хорижлик мураббий келиши мумкинлиги ҳақида  0 13:49Суперлига. "Нефтчи" 10 йилдан буён Қўқонда ғалаба қозона олмаяпти   1 13:21Суперлига. "Динамо" Ғузорда аср ғалабасини қўлга киритди, кейинги турда катта имтиҳон  4 12:54"Барселона" "Камп Ноу"га қайтмоқда: клуб кузда янгиланган аренада ўйнаши мумкин  0 12:26Гринвуд "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  0 11:59Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида учинчи марта дуранг ўйнади, "Сўғдиёна" меҳмонда учинчи бор муроса кўчасини танлади  0 11:37U-17 аёллар Осиё Кубоги саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон рақибларини билиб олди  0 11:14"Насаф" янги легионери Шала "Андижон" билан ўйинда қатнашиши мумкин  7 10:50"Челси" яна бир футболчисини сотиб юборди  0 10:19Дарвин Нуньеснинг "Ал Ҳилол"даги маоши маълум  1 09:48"Челси" Жексонга нарх белгилади  5 09:17Пролига ҳам қайтмоқда. 11-турнинг расмийлари маълум  0 08:46Opta АПЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини эълон қилди  7 08:15Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  8 07:41Месси майдонга тушманган баҳсда Суарес бош қаҳрамонга айланди  5

Tailand bosh murabbiyi: "O'zbekiston himoyada yaxshi harakat qildi" Yangiliklar

Tailand bosh murabbiyi: "O'zbekiston himoyada yaxshi harakat qildi"

Qatarda o'tkazilayotgan Osiyo kubogi 1/8 bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston va Tailand termalari o'rtasidagi o'yindan so'ng tailandliklar bosh murabbiyi Masatada Ishi matbuot anjumanida ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob qaytardi

- O'yin haqidagi qisqacha fikringiz qanday?

- Tailand musobaqani tark etdi. Biz stadionga kelgan barcha muxlislarga rahmat aytamiz. Natijadan mamnun emasmiz, ammo ishlashda davom etishimiz kerak.

- Hozirgi jamoa o'yinchilari keyingi musobaqalarda qanday harakat qilishadi? Osiyo kubogidan keyingi rejalar qanday?

- Bu o'yinda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. SHular ustida tahlil qilishimiz kerak. Osiyo kubogidan keyin o'yinchilar o'z milliy chempionatlariga qaytishadi. Milliy chempionatlarda ularning qanday harakat qilishlarini kuzatamiz.

- Oldingi matbuot anjumanida O'zbekiston terma jamoasini yaxshi o'rgandim deb aytgandingiz. Bugungi uchrashuvdan keyin O'zbekiston termasining kuchli va kuchsiz tomonlari nimada ekanini ayta olasizmi?

- O'yin davomida biz har xil holatlarni ko'rdik. O'zbekistonning o'yinini tahlil qilganda ko'p narsani ko'rishimiz mumkin. Ularning kamchiligi haqida gapira olmayman. Ammo raqib himoyada juda kuchli o'yin ko'rsatgani va kichik zonalarda zo'r harakat qilishganini takidlagan bo'lardim. O'zbekiston kichik paslar bilan yaxshi o'ynashi va o'yinchilarning texnikasi juda kuchli ekanini qo'shimcha qilish kerak.

- Jahon chempionati saralashidagi omadsiz ishtirokdan so'ng terma boshqaruviga keldingiz va qisqa muddat ichida yaxshi jamoa shakllantirdingiz. Saudiya Arabistoniga qarshi durang qayd etildi, O'zbekiston bilan ham yomon o'ynamadingiz. Osiyo kubogidagi bu ishtirok JCH saralashida sizga ishonch beradimi?

- O'zgarishlarga kelsak, o'yinchilar bilan ko'p ish olib borildi. Keyingi rejalarga kelsak, Osiyo kubogidan keyin futbolchilar o'z klublariga qaytishadi. Jahon chempionati saralashi o'yinlariga yaxshiroq tayyorlanishga harakat qilamiz.

- Indoneziya va Tailand pley-off bosqichiga yo'l olishdi. Biroq, Indoneziya Avstraliyaga 0:4 hisobida yutqazdi. Tailand esa O'zbekiston bilan deyarli teng o'ynadi. Tailandni mintaqaning eng kuchli jamoasi deya olasizmi?

- Biz bu ikki jamoani taqqoslay olmaymiz. Biz o'zimizga etibor qaratishimiz kerak. Hozir aynan shu narsa muhimroq. Tailand yoki Indoneziya o'rtasida kim kuchliroqligini aytish qiyin. Biz o'z o'yin uslubimizga etibor qaratishimiz kerak. Boshqa jamoalarga qarashimizz shart emas.


Jalolxon Inog'omxo'jaev Doha shahridan

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика