So’nggi yangiliklar

10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  0 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  0 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  1 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  3 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  10 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  3 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  3 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  8 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  4 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3

Tailand bosh murabbiyi: "O'zbekistonga Osiyo kubogiga yo'llanma olish uchun kelgandik va maqsadimizga erishdik" Yangiliklar

Tailand bosh murabbiyi: "O'zbekistonga Osiyo kubogiga yo'llanma olish uchun kelgandik va maqsadimizga erishdik"

Osiyo Kubogi 3-saralash bosqichi "C" guruhi 3-turi doirasidagi O'zbekiston – Tailand o'yini (2:0) bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan so'ng Tailand bosh murabbiyi Aleksandr Polking fikrlarini bildirdi.

 O'yin haqida

- Ilk navbatda, O'zbekiston terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Jamoangiz yaxshi o'ynadi hamda haqli ravishda birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Sizda yaxshi jamoa shakllangan. O'yin davomida jamoa himoyadan hujumga o'tishda tezkorlik namoyish etdi. Bizda esa ortga qaytishda xatoliklar yuzaga keldi. SHunga qaramay, biz bu erga Osiyo Kubogiga yo'llanma olish uchun kelgandik va maqsadimizga erishdik. Jamoviy o'yinimizni yaxshilash uchun oldimizda bir yil muddat bor.

- Nima uchun birinchi taymdan so'ng birato'la to'rtta o'zgarishga qo'l urdingiz? 

- Birinchi taym haqida taasurotlarim yaxshi emas, shu sababli, to'rtta o'zgarishga qo'l urdim.

- Bugun himoyalanishda SHomurodovga ko'proq etibor qaratildi, shu bois uning atrofidagi futbolchilar erkin o'ynashdi. Himoyalanishda SHomurodov uchun alohida reja tuzganmidingiz?

- SHogirdlarim faqatgina SHomurodov emas, Masharipovni ham qattiq qo'riqlashga harakat qildi. Ikkalasi ham xavfli o'yinchi. O'zbekiston bugun odatdagidan kuchliroq o'ynadi. Raqib futbolchilari o'yin davomida o'z joylarini tez-tez o'zgaritirishdi, himoyadan hujumga tez o'tishdi, bu ham bizga salbiy tasir ko'rsatdi. 

- Osiyo Kubogigacha bir yil vaqtingiz bor. Bu muddat qanchalik tasir qiladi jamoaga?

- Bizda juda tig'iz vaqt kutib turibdi, chunki futbolchilar klublarda ham faoliyat ko'rsatadi. Ularning klub safidan jarohatlarsiz kelishi muhim ahamiyatga ega. Barchaning tarkibda bo'lishi ishimizni osonlashtiradi.

- Fikringizcha, O'zbekistonning o'yinini qanday yaxshilash mumkin?

- Har qanday jamoani yanada yaxshi bo'lishga undash mumkin. O'zbekiston tartibli o'yin ko'rsatadi, tarkibida top chempionatlarda to'p tepadigan futbolchilar bor, ular mahoratli. O'zbekistonning eng kuchli o'yinini aynan bugun guvohi bo'ldik.

- Raqib bunday o'yin taklif etishini kutganmidingiz?

- Biz qo'rqmasdan hujumlar tashkillashtirib, oldinga o'tishga harakat qildik. Ishonchim komilki, keyinchalik shunday raqibga duch kelsak, nima qilish kerakligi borasida mahorat darsi o'tadik. Kelgusi bosqichda yaxshiroq o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика