Tailand bosh murabbiyi: "Istefo? Qarorni federaciya hal qiladi"
20 jan 2019 21:53
Yangiliklar


Tailand bosh murabbiyi: "Istefo? Qarorni federaciya hal qiladi"
Tailand hamda Xitoy terma jamoalari o'rtasidagi Osiyo Kubogining nimchorak final uchrashuvidan (1:2) so'ng tailandliklar ustozi Sirisak Yodyadtai matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Raqibni g'alaba bilan tabriklayman, shogirdlarim harakatlaridan qoniqdim. Ikki jamoa ham taktikaga tayanib o'ynadi. Xitoy terma jamoasini keyingi bosqichga chiqqani bilan qutlayman.
Hisobda oldinda edik, g'alabani saqlab qolishga urindik, ammo buni eplay olmadik.
Istefo? Qarorni federaciya hal qiladi. Tailand futbol federaciyasi rahbariyati qarori qolishim yoki ketishimga aniqlik kiritadi" - deydi Sirisak Yodyadtai.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar