So’nggi yangiliklar

04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   1 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  11 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8

Tahlil. O'zbekiston terma jamoasining Suriya va Qatar bilan o'yinlardagi asosiy muammolari Yangiliklar

Tahlil. O'zbekiston terma jamoasining Suriya va Qatar bilan o'yinlardagi asosiy muammolari

Jahonga mashhur analitik agentlik hisoblangan Instat kompaniyasi vakillari Championat.asia sayti bilan hamkorlikda O'zbekiston terma jamoasining Suriya va Qatar bilan o'yinlarini tahlil qilishdi.

Mart oyida terma jamoamiz JCH-2018 saralashi doirasidagi ikkita muhim o'yinda maydonga tushdi. Suriyadan uchralgan mag'lubiyat va Qatar ustidan qozonilgan g'alaba bizni Rossiyaga biroz yaqinlashtirdi. Natijani bir chetga surib qo'yib jamoamizning o'yin sifatiga ham etibor qaratishga qaror qildik, Xalqaro analitik agentlik Instat va Championat.asia sayti Suriya ham Qatar bilan o'yinlarni tahil qilishidi.


Terma jamoa hujumiga nima etishmadi?

Qanot himoyachilarining faolligi

Suriya va Qatar bilan o'yinlarda O'zbekiston terma jamoasi 4-4-2 va 4-4-1-1 taktikalarida o'ynadi. Jeparov orqaroqda, Abduxoliqov va Sergeev hujum oldida harakat qilishdi. Jamoa o'z yarim maydonida to'pni ushlab turmadi (Mos ravishda 78 va 81tadan pas) va hujumga tez o'tishga harakat qilishdi, ularga son ham, hujumchilarga to'p uzatish uchun joy ham etishmadi. Ikkala raqib ham aktiv pressing uyushtirmadi (Maydon markazida Suriyada 6ta va Qatarda 8ta to'p bilan egalik qilish), ammo O'zbekiston hujumlar vatqida 5-6 nafar futbolchini to'pning orqasida ushlab turdi. Jamoaga qanot himoyachilarining faolligi etishmadi. To'xtaxo'jaev va Merzlyakov raqib maydonida mos ravishda 7 va 4tadan texnik taktik harakat (TTH) amalga oshirishdi. O'ng qanot himoyachisi Hoshimov ulardan faolroq bo'ldi (8 va 13tadan TTH), ammo uning oldinga o'tishi ko'p bor sheriklari tomonidan qo'llab quvvatlamadi yoki noaniq pas oshirildi. Natijada O'zbekiston terma jamoasi hujumda futbolchilar etishmovchiligini his qildi, hujumkor futbolchilar esa raqib himoyachilari tomonidan maydondan “uzib qo'yildi”. Hujumchilar bu o'yinlarda raqib maydonida juda kam TTH amalga oshirishdi. Hujumchi Sergeev Qatarga qarshi bahsda oldinda atiga 24ta TTH amalga oshirdi. Masalan, Ahmedov shu o'yinda raqib jarima maydoni yaqinida 35ta TTH amalga oshirdi.



Qanot yarim himoyachilaridan faollik
O'zbekiston bu o'yinlarda asosiy urg'uni qanotlardan hujum qilishga qaratdi. Jamoa o'zining 70 foiz hujumlarini aynan qanotlar orqali uyushtiirdi. Qanot himoyachilarining faol bo'lmagani tufayli asosiy yuk qanot yarim himoyachilariga tushdi, ulardan hujum boshlash uchun individual harakatlar talab etilardi. Ular hujum qilishni u qadar yaxshi eplay olishmadi. Ikkita o'yinda qanot yarim himoyachilaridan faqat Rashidov va Bikmaev Suriya bilan o'yinda birinchi xavfli pas oshirishdi xolos. Vingerlar raqib jarima maydoni yonida xavfli to'p uzatishlarni amalga oshira olishmadi. Suriya bilan o'yinda jamoa raqib jarima maydoni yonida faqat bitta aldab o'tishni amalga oshirdi. Qatar bilan o'yinda biroz yaxshiroq natija qayd etilgan – 5 marta aldab o'tish, SHomurodov (3 marta) bu borada etakchi bo'ldi. Ammo afsuski yarim himoyachi bu vaziyatlarni yakuniga etkaza olmadi, raqib himoyachilari bir birlarini o'rnini to'ldirib turishdi. Qatar bilan o'yinda SHomurodov hujumda eng ko'p kurashga kirishdi – 29ta kurash, ammo atiga 7tasida g'olib chiqdi, u jamoa futbolchilari orasida eng ko'p bor to'p yo'qotdi (21).


Video - SHomurodovning harakatlari

TAS-IX


TAS-IX emas





O'zbekistonning hujumida qaysi jihat raqibga xavf tug'dirdi

Jeparovning orqaroqda o'ynashi, Sergeev va Abduxoliqovning hujumdagi harakatlari
O'zbekiston terma jamoasining Suriya va Qatar bilan o'yinlarda asosiy hujum g'oyasi Jeparovning tayanch yarim himoyachilaridan to'pni olishida bo'ldi. Suriya bilan bahsda u 6 marta Haydarov va Ahmedovdan to'p qabul qilib oldi, Qatar bilan bahsda esa – 9 ta Ahmedovdan va 4 ta Haydarovdan pas oldi. Jeparov esa yoki qanot yarim himoyachilariga to'p uzatdi, yoki yonidan kelayotgan Ahmedovga pas berdi. Odil to'pni qanotdagilarga oshirdi. Bu ikki uchrashuvda server Ahmedovga 6 va 7 martadan pas oshirdi. Suriya bilan o'yinda Jeparovga erkinlik etishmadi. U hujumdagi deyarli barcha yakkakurashlarni yutqazdi (7/1), qanot yarim himoyachilariga esa jami 6ta pas berdi. Qatar bilan o'yinda u ancha orqaroqda o'ynadi, bu esa kurashlarda ko'proq g'olib bo'lishga erishdi (7/4). U SHomurodov bilan yaxshi tandem bo'la oldi hamda Eldorga 9ta aniq pas oshirdi. Jeparovning yaratuvchilik intellekti oldindagi hujumchiga to'p uzatishga qaratildi. Abduxoliqov va Sergeev burama paslarga bir necha bor intilishdi. Ikkala bahsda Jeparov mana shunday vaziyatda 4ta muhim pas berdi.



Video - Jeparovning harakatlari

TAS-IX


TAS-IX emas


Ahmedovning hujumdagi agressiv harakati
O'zbekistoning himoyalanuvchi va hujumkor futbolchilarining o'zaro uzilib qolishi, qanot himoyachilarining oldindagi faolmasligini jamoa Ahmedovning agressivligi bilan yopishga urindi. Suriya va Qatar bilan o'yinda yarim himoyachi hujumda 15 va 16tadan kurashda g'olib chiqdi. Undan ko'proq SHomurodov va ikki hujumchi Abduxoliqov hamda Sergeev kurashga qo'shilishdi. Ahmedov etakchi sifatida jamoa hujumini boshladi va sheriklarini topishga urindi (o'yinlarda 3 va 4tadan shunday holat). Ayniqsa Qatar bilan o'yinda u olti bor raqiblarni aldab o'tdi va jamoasining 9ta zarbasidan 6tasini u yo'lladi. Yakunda jarima to'pidan ajoyib gol urishga erishdi.



Terma jamoa o'yinida nima xavotirga solmoqda?

Himoyaga o'tishda markazda balansni yo'qotish
Ahmedovning oldindagi faol o'yini jamoa uchun salbiy holatlarni ham keltirib chiqardi. O'zbekiston maydon markazida ikki nafar tayanch yarim himoyachisidan foydalangani, ulardan biri hujumda qolib ketishi natijasida himoyalanish vaqtida balans yo'qotildi. Raqiblar hujum qilish chog'ida katta bo'sh joylarga ega bo'lishdi. Bu ayniqsa Suriya bilan o'yinda ko'zga tashlandi, so'nggi daqiqalardagi qarshi hujumdan so'ng darvozamizga penalti belgilandi. Ahmedov bu o'yinlarda tayanch yarim himoyachisi sifatida o'z yarim maydonida kam to'p olib qo'yishga erishdi – Suriya bilan 1ta va Qatar bilan 4ta.



Video - Himoyaga o'tishdagi bo'shliqlar

TAS-IX

TAS-IX emas



Himoyalanish vaqtida markazdagi bo'sh zonalar
Markazdagi muammolar jamoamiz pressing va pozicion himoyalanayotgan vaqtida ham ko'zga tashlandi. Suriyaga qarshi o'yinda tayanch yarim himoyachilar Ahmedov va Haydarov to'p olib qo'yishda juda yomon o'ynashdi (mos ravishda 6/2 va 5/1). Qatar bilan o'yinda ularda to'p olib qo'yish birozgina ko'paydi – 3tadan. Bundan tashqari, markaziy zonada Suriyaga qarshi o'yinda O'zbekiston atiga 5 marta to'pga egalik qildi. Qatar bilan bahsda ko'proq (12). CHiziqlar orasidagi yoriqlar juda katta bo'ldi, Ahmedov va Haydarovning oldinga o'tishi esa buni yanada kattaroq qildi. Qaysidiri qanotga o'tganida ular orasidagi bo'shliq ham kattalashaverdi. Ismoilov va Krimec himoyalanishda jamoadagi eng faoli bo'lishdi.


Video - Pozicion himoyalanishdagi bo'shliqlar

TAS-IX


TAS-IX emas



O'zbekiston terma jamoasi JCH saralashida kam gol o'tkazayotgan bo'lsa ham (faqat Janubiy Koreya bittadan ko'p gol urdi), bunday kamchiliklar Eron va o'sha Janubiy Koreyaga qarshi o'yinlardan oldin xavotirga solishi aniq, bu jamoalar guruhda eng ko'p gol urishgan. Balki, murabbiylar shtabi yangilik o'ylab topishar (masalan, 4-1-4-1 taktikasi) shunda jamoadagi balans yaxshilanardi. Axir muxlislar terma jamoa yana mundialga bir qadam qolganida to'xtashini istashmaydi.



Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика