So’nggi yangiliklar

00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 23:00"Ал Ҳилол" - "Истиқлол"  2 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  2 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  4 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8 17:03Ўзбекистон МТЖнинг ноябрь ойидаги йиғин учун тахминий таркиби  58

Tahlil. O'zbekiston Tailandni yutdi. Lekin ko'ngil xotirjam emas Yangiliklar

Tahlil. O'zbekiston Tailandni yutdi. Lekin ko'ngil xotirjam emas

O'zbekiston terma jamoasi nimchorak finalda Tailand to'sig'idan o'tib oldi. "Muhimi natija-ku",- deyishingiz tabiiy.

G'alaba yoqimli. Yigitlarga iroda va mehnat uchun rahmat aytishimiz kerak. Lekin deydigan tomonlarimiz ham yo'q emas. Oldinda mezbon Qatar bilan chorak final o'yini, keyin esa yarim final, final kutib turibdi. Idealimizda chempionlik, real vaziyatda yarim final yaxshi natija. Ammo o'yindan-o'yinga qalqib chiqayotgan muammolar yuqoridagi ikki natijani ham yo'qqa chiqarmasaydi, deb qo'rqaman. 

Tailand bilan to'qnashuv tahlili

Garchi o'yindan avval Tailand oson raqib sifatida qaralayotgan bo'lsada, hozirgi holatimizda ular bizga etarlicha qarshilik ko'rsatishini kutgandim. Tailand futboli haqida ketganida, otam aytib bergan "BEK Tero Sasana"ning OCHL yarim finalida "Paxtakor"ni yutib finalga chiqqani , o'zim guvoh bo'lgan "Buriram Yunayted"ning "Bunyodkor"ni pley-offda qoldirib ketgani ko'z oldimda gavdalandi. Demak ularda futbol kecha yoki bugun paydo bo'lib qolmagan. Tailandning 2019 yil BAA mezbonlik qilgan Osiyo Kubogida guruhdan chiqqani bugungidek qabul qilangan. Qatardagi Osiyo Kubogida darvozasidan to'p o'tkazib yubormagani-yu, bizdan 2 kun ko'p dam olgani, yaponiyalik Ishidaning ishiga yondashuvi haqida ko'p gapirdik. Lekin O'zbekiston darajasi uchun qo'rqinchilik raqib emasdi. Guruhdagi 3ta o'yinda raqiblar Tailand darvozasi oldida ancha vaziyatlar yaratgani, etarlicha zarbalar yo'llagani, o'yinni qo'lga olgani biz xotirjam yutishimizga shama qilayotgandek edi. Deylik, Saudiya Arabistoni 90 daqiqa to'pni 73 foizga nazorat qildi va 7ta aniq zarba yo'lladi. SHunchaki gol urishni istashmagandi shekilli. O'mon va Saudiya Arabistoni o'yin taraflama Tailanddan ustun kelishgandi.  

"Boshsiz chavandoz"

Tarkib butun bo'lganida o'yindan oldin Katanecning qaysi futbolchilarni maydonga tushirishini osongina taxmin qilayotgan edik. Alijonovning jarohati Nasrullaev va Sayfievni joy almashib o'ynashiga, Nasrullaevning jarohati Zafarmurod Abdirahmatovning maydonga tushishiga, keyingi o'yinda bu poziciyada yana bir boshqa futbolchi Aziz Turg'unboevning harakat qilishiga olib keldi. SHukurovning shamollab qolishi ortidan Diyor Xolmatov debyutini o'tkazdi. Uning pasini  Pablo Pikasso ko'rganida sanat asari yaratgan bo'lar edi. Hujumda esa Katanec tajribasi davom ettirildi, yana sof hujumchisiz o'yin boshlandi va tugatildi. O'runov, Fayzullaev, Masharipov hujum uchligini hosil qilishdi. Bobir Abdixoliqov va Aziz Amonov o'z imkoniyatini hamon kutyapti (shu joyiga "Kutaman" qo'shig'i). Buning natijasida vingerlarning funkciyasi ortmoqda, ular vazifalarini o'zgartirishga ham to'g'ri kelmoqda. Ostonning mahoratiga shubhamiz yo'q. Lekin Katanec uning na kuchli tarafidan foydalana olyapti, na hujumchilik sifatlarini ochyapti. Murabbiyning kuchli tomoni shunda bo'lishi kerakki, u futbolchini ustun tarafidan foydalanishi yoki yangi qirralarini ochishi lozim. Hujumchisiz jamoa xuddi "boshsiz chavandoz" kabi. CHavandoz boshsiz yo'lida davom etyapti, uning vazifasini boshqa azolari bajara olyapti-yu, o'zining vazifasi qolib ketyapti. 

Tailand guruh bosqichida raqiblar darvozasiga jami 6ta aniq zarba yo'lladi, shundan 4tasi bitta o'yinga Qirg'iz Respublikasi, 2tasi O'mon darvozasiga to'g'ri keladi. Kecha raqibimiz darvozamiz tomon 3ta aniq yo'lladi va 1tasi gol bilan tugadi. 

Yana bir qiziq statistika. Tailand to'p nazoratini "yomon" ko'radigan jamoa edi. Ular guruhdagi 3ta o'yinda o'rtacha 35 foiz to'pga egalik qilishdi. Kecha bu jamoa O'zbekistonga qarshi 55 foizlik natijani qayd etdi. SHaxsan men uchun Tailand avvalgi o'yinlardan kutilganidan kuchli harakat qildi. Paslarning aniqligi 81 foizni ko'rsatmoqda. Bu Tailandning Osiyo Kubogidagi eng yuqori ko'rsatkichi hisoblanadi. Umuman terma jamoamizning har qanday g'alabasi ko'tarinkilik bergani kabi xulosa ham beradigan jihatlari bo'lishi kerak. Terma jamoamizning bir nechta o'yinlarda Meksika, Eron, Avstraliya, Tailand bilan o'yinlarda xarakter ko'rsatgani va natija ko'rsatayotgani esa Katanecning qaysidir manoda olib borgan ishining mahsuli deyish mumkin. 


Qiziqarli faktlar

- Tailandning Osiyo Kubogidagi golsiz seriyasi yakuniga etdi. Masatada Ishi shogirdlari so'nggi bor musobaqadan oldin Yaponiyadan 4ta gol o'tkazib yuborgan edi.

- Aziz Turg'unboev O'zbekiston terma jamoamizning 47, Abbos Fayzullaev 48-golini urdi. 

- Abbosbek Fayzullaev terma jamoadagi yubiley 10-o'yinida 3-golini urdi. 

- Tailand 17 yildan so'ng O'zbekiston darvozasini ishg'ol qildi. Raqibimiz so'nggi bor 2007 yil "Qirol Kubogi" doirasida O'zbekistonga 3ta gol urgan va 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. 

- O'zbekiston o'z tarixida ikkinchi bor Osiyo Kubogi pley-off bahsida g'alaba qozondi. Bundan oldingi yagona g'alaba 2011 yil chorak finalda Iordaniya ustidan qo'lga kiritilgandi - 2:1.

- Diyor Xolmatov O'zbekiston terma jamoasida debyut qildi. 

- Srechko Katanec murabbiy sifatida ilk bor Osiyo Kubogi pley-off o'yinida g'alaba qozondi. Bundan avval sloveniyalik mutaxassis 2011 yil BAA bilan guruhda qolib ketgan bo'lsa, 2019 yil Iroq bilan pley-offda Qatarga mag'lub bo'lgandi. 

Viktor Karpenko: - Har bir Osiyo Kubogida mezbonlarda imkoniyat ko'proq bo'ladi. Ular favorit deya qaraladi. Qatar o'z maydonidagi o'yinlarda ishonchli o'yin ko'rsatib, chorak finalga etib keldi. Ular o'tgan Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatni yana takrorlashni istashlari tabiiy. Oson bo'lmaydi. Lekin futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Barchasi maydonda hal qilinishi kerak. Ikki jamoa ham bir-biriga munosib. Terma jamoamiz o'zining kuchli sifatlarini ko'rsatib, yarim finalga yo'llanma oladi, degan umiddaman. 

Akmal Xolmatov: - Tailand bilan o'yinni har doimgidek yaxshi boshladik va birinchi bo'lib gol urdik. Golgacha ham xavfli vaziyatlarimiz etarlicha bo'ldi. Bundan keyin ham gol urmasak bo'lmasdida. Faqat vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Biz kuchli terma jamoamiz. Buni ko'rsatyapmiz ham. Birinchi goldan so'ng xotirjamlikka berilishdimi yoki boshqa sababmi tezda jazolanishdi. Xursand qilgani yana o'yinga qaytishdi va g'alaba golini urishdi. SHu kuni O'zbekiston kuchli edi va haqli g'alabaga erishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика