Tahlil. Berdievda tarkib zo'r, lekin muammolar bor. Babayan Namangandagi imtihonni 5 bahoga topshirdi
20 fev 06:48
Yangiliklar
Tahlil. Berdievda tarkib zo'r, lekin muammolar bor. Babayan Namangandagi imtihonni 5 bahoga topshirdi
Nimchorak finalning ilk o'yinida raqiblarini o'z maydonida qabul qilgan ikki jamoa ham bir xil 0:0 hisobida durangga imzo chekishdi. Bu qaysidir manoda safar oldidan nisbatan ishonch bergan bo'lsa, yana boshqa tomondan ayrim xavotirlarni ham uyg'otmasdan qolmadi. Har holda g'alaba durangdan yaxshiroq edi, deyishdan avval jamoalarga nazar tashlashimiz, sababiga kirishishimiz talab etiladi.
Nasaf Qarshi |
AFC Champions League Final Stage . 1/8-tur 14/02/2024, 19:00 0
:
0
Tugadi
|
Al-Ain |
"Nasaf" hali uyg'onmadi
Tarkibga qo'shib olgan futbolchilaridan, legioneru, yulduzlardan barchaning boshi osmonga etdi. Bo'ldi, "Nasaf"da muammo yo'q, istalgan raqibni yutadi. Ammo unutmaslik kerakki, quruq tarkibning o'zi yig'ilgani g'alabani cho'ntakka solib qo'ymaydi.
1. O'zbekistonda hali mavsum boshlangani yo'q
Agarda o'tgan yilning kuzidagi ishtahasi ochilgan "Nasaf" bo'lganida kecha "Al Ayn"ga hech qanday imkoniyat qoldirmasdi. "Ajdarlar" so'nggi rasmiy uchrashuvini 4 dekabr kuni o'tkazgan. Berdiev Krespoga qarshi esa 14 fevral kuni jamoasini maydonga boshlab tushdi. 2 oylik tanaffus katta futbol uchun haddan tashqari ko'p. O'zbekistondagi futbol taqvimi bo'yicha bu pallada hordiq chiqarish, tiklanish va tayyorgarlik jarayoni ketadi. O'rtoqlik uchrashuvlari esa o'z yo'liga. "Al Ayn" Qarshiga kelishdan avval 9 fevral kuni rasmiy o'yin doirasida "Ittixod Kalba" (2:0) bilan bahsda qatnashib keldi. Krespo shogirdlari kecha ham rasmiy o'yinda qatnashdi, Prezident Kubogida "Al Vahda"dan ustun kelishdi (1:0). "Nasaf"ga nisbatan "Al Ayn" futbolchilari o'yin ritmiga ega. Ular bu o'yindan so'ng 25 fevral kuni "Baniyas"ga qarshi to'p tepadi. "Nasaf"ga qaraganda "Al Ayn"da bu muammo deyarli yo'q.
2. Futbolchilar qanday holatda edi?
"Ajdarlar" ustozi shu kuni Alibek Davronov, Islom Kenjaboev xizmatidan foydalana olmadi. Ayniqsa hujumda keskinlikni oshirish, qanotlardan hujumchilarni to'p bilan taminlashda Kenjaboevning yordami tegishi mumkin edi. Ikkinchi faktor, futbolchilarning har xil holatda ekanligi. Masalan ko'pchilik shu kuni Bobir Abdixoliqovni tanqid qildi. Hujumchi 2 oyga yaqin vaqtni terma jamoa bilan o'tkazdi va birorta o'yinda amaliyotga ega bo'lgani yo'q. Falastin bilan 15 daqiqani hisobga olmaganda 3,5 oy birorta uchrashuvda maydonga tushmagan edi. Zoran Marushich "Nasaf" ixtiyoriga o'yindan 5 kun avval etib kelgan, Nasrullaevni esa jarohat qiynayotgandi. Viktor hali jamoaga to'liq kirishib ketmagani malum.
3. Tarkib va o'yin
Darvozada Abduvohid Nematov, mudofaa markazida G'aybullaev, Golban, Muhammadiev o'rin olgan bo'lsa, Berdiev Murod Rahmatovni tushirish orqali kichik syurpirizni taqdim qildi. CHap qanotda SHarof Muhitdinov harakat qildi. Tayanch nuqtasida Mozgovoy va Sidiqov, hujumchi ortida CHogadze va Bozorov, sof forvard Abdixoliqov ilk daqiqalardan harakat qildi. "Nasaf" ustozi 3-4-2-1 taktik-sxemasidan foydalandi. SHunday bahslar bo'ladiki, hisob jamoalar ko'rsatgan o'yinga mos bo'lmaydi.
Lekin shu kuni hech bir jamoa mutlaq ustunlikka ega bo'lgani yo'q. Ikkinchi bo'limda "Al Ayn" hujumlar sonini oshirdi. Birinchi bo'limdagi eng xavfli vaziyat shubhasiz Rahimining amalga oshirgan jarima zarbasi bo'ldi. SHu paytda yaxshi ham raqib safida Omar Abdulrahmon yo'q edi, deb qo'ydik.
"Nasaf"ning birinchi bo'limdagi zarbalari
50-daqiqalardan so'ng amirlik jamoasi birin-ketin zarbalar berishni boshladi va ularning faqat 2tasi darvozaga aniq bordi. Ko'rib turganingizdek 4ta zarbani jarima maydonchasi tashqarisidan amalga oshirgan. "Nasaf"da ham ko'rsatkich xuddi shunday, darvoza tomon zarbalar 2tani tashkil qildi. Birinchi bo'limda Bozorovning zarbasini darvozabon qaytardi.
O'yinning issiq kartasidan ko'rish mumkinki, birinchi bo'limda mezbonlar darvozasi oldida keskinlik bo'lgani yo'q. Ikkinchi bo'limda esa "Al Ayn" faollikni oshirdi va hujumlari ham xavfli ko'rinish oldi. "Nasaf" hali jismonan to'liq 90 daqiqa o'ynaydigan holat emasligi baribir sezildi.
Birinchi bo'lim xaritasi
Ikkinchi bo'lim xaritasi
Ertaga Qarshi klubi BAAda mehmon bo'ladi. Ro'ziqul Berdiev baribir katta tavakkal qilmasa kerak. Agarda Qarshida mag'lub yoki o'ta yirik hisobda yutqazganida yo'qotadigan hech narsasi yo'q desak. Hali imkoniyat bor va ular bundan foydalanishga harakat qilib ko'radi.
4. Qiziq fakt, "Nasaf" o'z tarixida safarda "Al Ayn"ga gol urmagan. 2016 yilgi o'yinda maydon egalari 2:0 hisobida yutuqni tantana qilgan.
"Al Ayn" - "Nasaf" 2:0
Gollar: Danilo Moreno 39, Ismoil Ahmad 90
“Al-Ayn”: 17. Xolid Eysa, 5. Ismoil Axmad, 6. Flipp Bastos, 9. Dyanfres Duglas, 10. Umar Abdulrahmon (s), 16.Muhammad Alraqi (Diaki, 69), 19. Muhanad Salim, 23. Muhammad Axmad G'arib, 29. Li Myung Ji, 50. Muhammad Fayoz, 70. Danilo Asprillo.
Zaxira: 75.Xamad Almansuri, 8.Rashid Iyso, 11. Said Alxotiri, 18.Ibrohim Diaki, 20. Hilol Said, 77. Muhammad Favzi.
“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 23.SHerzod Azamov (27.Islom Rashidxonov, 35), 5.Ildar Mamatkazin, 7.SHuhrat Muhammadiev, 10.Dilshod Rahmatullaev, 20.Erkin Boydullaev (38.Doniyor Narzullaev, 80), 18.Bahrom Abdurahimov, 21.Azamat Allaniyozov, 31.Saydullo Rahmatov (14.SHarof Muhitdinov, 68), 45. Bobur Abduxoliqov.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 14.SHarof Muhitdinov, 27.Islom Rashidxonov, 16.Dilshod Xushbakov, 38.Doniyorjon Narzullaev, 42.Najmiddin Normurodov.
Al-Ain Kodjo Laba - 55', Soufiane Rahimi - 90' |
AFC Champions League Final Stage . 1/8-tur 21/02/2024, 21:00 1
:
2
Tugadi
|
Nasaf Qarshi Akmal Mozgovoy - 51' |
Navbahor Namangan |
AFC Champions League Final Stage . 1/8-tur 15/02/2024, 19:00 0
:
0
Tugadi
|
Al Ittihad |
Samvel Babayan muammolarni qanday hal qilgani va Saudiya Arabistonidagi umid uchquni
Bu o'yindan avval "Al Ittihod"ni yaqqol favoritga chiqarish to'g'ri bo'lmas edim. O'zim ham telegram kanalimda Saudiya Arabistoni klubining 2:1 hisobidagi g'alabasini taxmin qilgandim. Lekin OCHL guruh bosqichida kuchli raqiblarga qarshi o'ynash hadisini yaxshi o'zlashtirgan va "Al Hilol" maydonidan 1 ochko bilan qaytgan Samvel Babayan yana muammo bo'lishini kutish mumkin edi. Amalda ham shunday bo'ldi.
1. Tarkibdagi muammolar echimi
Samvel Babayan oldida o'ng qanot himoyasini qanday to'ldirish jumboq edi. "Olimpik" futbolchisi Saidazamat Mirsaidov murabbiyning rejalaridan o'rin olgan va o'ng qanot himoyasi unga ishonib topshirilayotgandi. Lekin "Olimpik" kutilmaganda futbolchisini ortga qaytardi va bu rejalarga tasir qilgani aniq. Murabbiy esa oldin ham o'ynatgan Jamshid Boltaboevni o'ngga joylashtirdi. Ikkinchisi esa Ivanovich bilan markaziy himoyada kim o'ynashi edi. Boshqa himoyachilar yo'qligi uchun tayanch nuqtasidagi kimdir orqaga tushishini taxmin qildim. Ibrohim Yo'ldoshev jarohati bois maydonga tushmasligi yanada bunga shubha qoldirmadi. Himoya qo'rg'oni esa ikki serbiyalik Jokich va Ivanovichdan tashkil topdi. Abror Ismoilov va Odil Hamrobekov tayanchda, Sobirjonov va Jiyanov qanot yarim himoyachilari, Iskanderov hujumchi ortida erkin futbolchi, hujumda esa Tabatadzeni ko'rdik.
2. Namangan mudofaasi uydagi missiyasini bajardi
Garchi uyda o'ynayotgan bo'lsada "Navbahor" "Mumbay Siti"ga qarshi emas, "Al Ittihod"ga qarshi maydonga chiqqandi. Ularga esa ochiq o'yin taklif qilish katta tavakkal hisoblanar, buning uchun kamida Abramov bo'lish kerak edi. Benzemasiz kelganiga qaramay raqib safida Abdulrazzak Hamdallah, Romarino bor edi. Aynan Hamdallah Benzemadan ham ko'ra xavfliroq edi. Marokashlik hujumchi Namangangacha "Al Ittihod" tarkibida 3ta o'yinda 4ta gol urgandi. 18 fevral kuni u yana dubl qayd etdi. Ertaga ham aynan u asosiy qurol bo'lishi aniq. Namanganliklar mudofaasi esa dushman otgan o'qlarga munosib qalqon vazifasini bajara oldi, tamom. Yani ular o'z missiyasini bajardi. Endi shu ishni Saudiya Arabistonida ham bajarish zarur. Birinchi o'yindan so'ng "Navbahor"ning umid uchquni, deb himoya va tanyach nuqtasini aytishim mumkin.
3. "Navbahor"da zaxira tor. Lekin buning vaqti kelgandi
Samvel Babayan matbuot anjumanida aytganidek tarkib borasida bu yil avvalgilarga nisbatan katta tanlov yo'q. Etibor beradigan bo'lsak, "Al Ittihod"ga qarshi o'yinda "lochinlar" zaxirasida 2006 yilda tug'ilgan SHodiyor SHodiboev, Ozodbek O'ktamov, SHerzodbek Abdulboriev, "Navbahor-Farm" jamoasidan Doston Abdulxaev, 2004 yilda tug'ilgan Navro'zbek Iminjonov bor edi. Tushishi mumkin bo'lgan Haqnazariy va Nikabadzedan foydalanildi. Yuqoridagi futbolchilar allaqachon imkoniyat olish vaqti kelgan edi. Mavsum davomida ular etarlicha amaliyotga ega bo'lib borsalar, "Navbahor" o'zi uchun keyingi yillarga yaxshi zaxira tayyorlagan bo'ladi.
4. "Navbahor" OCHLda safarda hali mag'lub bo'lgani yo'q
"Lochinlar" OCHL guruh bosqichida 3ta o'yinni safarda, 3tasini uyda o'tkazdi. Aytish mumkinki, jamoa mehmondagi uchrashuvlarda mag'lub bo'lgani yo'q. "Al Hilol" bilan durang, "Nassaji Mazandaran" va "Mumbay Siti" maydonidan g'alaba bilan qaytdi.
1-tur. "Al Hilol" - "Navbahor" 1:1
Gollar: Al Bulayhi 90+10 - Toma Tabatadze 52
4-tur. "Nassaji Mazandaran" - Navbahor" 1:3
Gollar: Reza Azadi 68 - Igor Golban 7, Oston O'runov 21, 48
6-tur. "Mumbay Siti" - "Navbahor" 1:2
Gollar: El Xayati 15 - Jamshid Iskanderov 29, Yovan Jokich 45+3
Al Ittihad Abderrazak Hamdallah - 45', Toma Tabatadze - 87' |
AFC Champions League Final Stage . 1/8-tur 22/02/2024, 21:00 1
:
2
Tugadi
|
Navbahor Namangan Karim Benzema - 25' |
Bo'lajak o'yinda O'zbekistonning ikki jamoasiga ham omad tilaymiz.
Fikrlar