So’nggi yangiliklar

03:20АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнади  29 03:15АПЛ. "Челси" "Лидс"ни енга олмади, "Тоттенхэм" "Ньюкасл"га имкониятни бой берди  11 00:42Беллингем сон жароҳати туфайли икки ойгача майдонга туша олмаслиги мумкин  4 00:02"Ал Насср" Роналду билан вазияти ҳал қилмаса, Жезуш клуб билан шартномани узайтирмайди  22 23:22Элит ОЧЛ. "Трактор" ўз уйида "Ал Садд"га ютқазди. Ҳамробеков 72 дақиқа ўйнади  0 22:40Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"  53 22:14МЮ Магуайрга шартнома муддатини узайтириш таклифини бермоқчи  0 21:49Арне Слот: "Бу мавсум мураббийлик фаолиятимдаги энг оғири бўлмоқда"  0 21:28"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда  26 21:06"Бунёдкор" Анталиядаги назорат ўйинида Чехия клубини мағлубиятга учратди  2 20:37"Бухоро" назорат учрашувида Қозоғистон клубига мағлуб бўлди  2 19:59"Нефтчи" Грузия жамоасини йирик ҳисобда мағлуб этди, Перица норасмий дебют голини урди  11 19:25Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"  44 19:02"Ғазалкент" Максим Шацких жамоасига мағлуб бўлди  2 18:47"ТерДУ" Про лигада иштирок этади  5

Tadqiqotchi Messi, uchuvchi Keyn va dengizchi Ronaldu Yangiliklar

Tadqiqotchi Messi, uchuvchi Keyn va dengizchi Ronaldu

Ko'plab muxlislar "Ronaldu yoki Messi Maradona va Pele davrida qanday to'p tepgan bo'lardi?" degan savollar bilan yulduzlarni taqqoslashga urinib ko'rishadi.

Rassoim Den Leydon zamonaviy futbolchilarni avvalgi asrlarga ko'chirdi, ammo futbolchi emas, oddiy kishilar sifatida.

Den yaratgan ishlarni etiboringizga havola qilamiz.


Messi Argentina sarguzashtlar federaciyasining tadqiqotchisi.


Endi Kerrol bu davrda ham o'z rolida. 70 yillar oxirida "Midlsbro" safida to'p tepgan baquvvat futbolchi.


Emmanuel Adebayor eng qimmat kiyimlarda yuradigan va kun bo'yi bekorchilik qiladigan Parij zodagoni.


Xarri Keyn hazrati oliyalarining ishongan uchuvchisi. U 1940 yilda nemis harbiylarining katta muammosiga aylangan.


Krishtianu Ronaldu, Magellanning muvaffaqiyatlarini orzu qilib yashaydigan Madeyra dengizchisi.


Sitvi Ji - "qizillar"ning eng obro'li muxlislaridan biri. Birinchi jahon urushidan avval "Liverpul" ishqibozlariga boshchilik qilgan. 1918 yildan so'ng yoshlarga yo'l berib, o'zi chetga chiqqan.


Luis Suares o'zining portlovchi feli bilan 70 yillardagi musiqa guruhining etakchisiga aylangan bo'lardi.


Oyoqlari bilan zarba berishni xush ko'radigan Ibra xitoylik rejissyorlarni qiziqtirib qo'ygan va tez orada Jeki CHan yoki Bryus Li bilan filmda birga suratga tushgan bo'lardi.


Totti. Bu erda hammasi oddiy. CHesko Rim imperiyasining imperatori. U 476 yildagi qulashni oldini olib qolgan.


Diego Kosta - 80 yillardagi yulduzlar kechasining qiroli. Uning har kunlik hayoti shovqinli musiqa, narkotiklar, alkogol va ayollardan iborat. Kostaning Santa Ponseda yaxta ishlab chiqaruvchi biznesi bor.


"Uoll-stritdan chiqqan bo'ri" hikoyasini bilasizmi? O'sha asardagi Di Kaprio Serxio Ramos bilan solishtirganda hech kim. Serxio 80 yillarning eng yaxshi brokerlaridan, uning har qanday ishi muvaffaqiyatli yakunlanadi.


Neymar, Parij, 1772 yil. Braziliyalik sho'ng'uvuchi tadqiqotchi sifatida mashhurlikka erishgan. Deyarli har kuni sho'ng'iydi.


Jon Terri, London, 1965 yil. Sut zavodida ishlaydi. Sobiq rahbarlardan biri Terri haqida shunday degan: "Jon eng sodiq, ishonchli, o'z oldiga maqsad qo'ygan ishchi. U har kuni ishga chiqqan va har doim birinchi bo'lgan".


Mesut O'zil nemis siyosatchisiga aylandi va o'zining mehnatkashligi evaziga kancler lavozimiga erishdi. U 1913-1946 yillarda iqtisodiyoti gullagan mamlakatni boshqardi.


1849 yil. "Qora bozorda" raqobatchilarini yo'qotishdan charchamayotgan Arturo Vidal tizzasigacha qonga botdi. FBR uni 15ta shtatda izlamoqda, Arturito esa Meksikadagi barlarning birida pullarini viski va qizlarga sovurmoqda.


Gollivud hiyoboni, 1922 yil. Sadio Mane xususiy detektiv sifatida ko'p voqealarni ko'rgan.


1975 yilda yodga olish mumkin bo'lgan bitta bokschi bor edi - Luka Modrich. Ekspertlarning fikricha, uning ustun tomoni agressiya bo'lgan. Modrich barcha vazn toifalarida jang qilgan va har doim g'alabaga erishgan!


Gollivud, 1977 yil. O'sha davrda biror rejissyor jangari film suratga olishni istab qolsa, doimo bosh rolga Muhammad Salohni taklif qilgan. Misrlikning tezligi, texnikasi va reakciyasi uni kinoning asosiy yulduziga aylantirgan edi.


1890 yil, Brodvey, Nyu-York. Reklama qog'ozidagi yozuv: "Haqiqiy sehrni ko'rishga tayyor turing! Buyumlar bir joydan ikkinchi joyga qanday o'tib qolayotganini payqay olasizmi? Hayratlanishga tayyorlaning! Dunyoning eng buyuk ko'zbo'yamachisi. Yagona va takrorlanmas, Rikelme!

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика