Tachmurod Agamurodov: “Har ikkala jamoaga ham ochko kerak edi”
17 okt 2014 18:47
Yangiliklar

Tachmurod Agamurodov: “Har ikkala jamoaga ham ochko kerak edi”
“Dinamo” – “Neftchi” (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi o'z fikrlarini bildirdi.
“Bugungi o'yin juda qiyin bo'ldi. Har ikkala jamoaga ham ochko kerak edi. Bizning baxtimizga gol o'tkazmadik. O'ylaymanki bugungi o'yindagi hisob har ikkala jamoa uchun ham qoniqarli bo'ldi”, - deb gap boshladi Agamurodov.
- Birinchi bo'limda “Dinamo” jamoasi hujumkor o'yin ko'rsatgan bo'lsa ikknchi bo'limda esa aksincha himoyaviy o'yin...
- Biz birinchi bo'limda hisobda oldinga chiqib olmoqchi edik lekin bu reja ish bermadi. SHularni hisobga olib ikkinchi bo'limda himoyalanishga majbur bo'ldik. Har qanday kichik xato ham jamoaga qimmatga tushishi mumkin edi. Bugungi o'yinda harakat qilgan futbolchilarning harakatlaridan to'liq qoniqish hosil qildim.
Damir Kabilov yozib oldi.

Fikrlar