So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Tachmurod Agamurodov: “Dinamo" taslim bo'lmaydi” Yangiliklar

Tachmurod Agamurodov: “Dinamo" taslim bo'lmaydi”

“Dinamo” – “Paxtakor” o'yinidan keyin Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov uchrashuv haqida fikr bildirdi.

- “Paxtakor”ni chempionlik bilan tabriklayman. Bu jamoa bugun ham munosib o'yin namoyish etdi. O'z o'yinimiz haqida gapiradigan bo'lsam, kuchli raqibga qaramay, futbolchilarimiz uchrashuvni yaxshi boshlashdi. Birinchi bo'limda hisobni ochib, o'yinda ishonchli ko'rindik, yaxshi harakat qildik. Afsuski, bo'limni g'alaba bilan yakunlash arafasida, keraksiz xatolar evaziga ketma-ket ikkita gol o'tkazib yuborishimiz jamoaga tasir qildi.

Ikkinchi bo'limda esa “Paxtakor”ning mahorat va tajriba bobida ustunligi, zaxirasi kuchli ekanligi bilindi. Biz esa uch nafar asosiy tarkib futbolchilarimizni maydonga tushira olmadik. Raqib jamoa safidagi ko'pgina futbolchilar terma jamoa azosi sanalishadi. Ikkinchi bo'limda ularni to'xtatib qolish qiyin bo'ldi.

Bugungi mag'lubiyatga qaramay, “Dinamo” kurashishda davom etadi. Oldinda to'rtta tur bor va biz uchun bu bahslarning barchasi so'nggi o'yindek o'tadi. Taslim bo'lish niyatimiz yo'q, imkoniyat bor ekan oxirigacha kurashamiz.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика