Tachmurod Agamurodov: "Bu g'alaba bizga juda zarur edi"
02 may 2015 20:32
Yangiliklar

Tachmurod Agamurodov: "Bu g'alaba bizga juda zarur edi"
Dinamo - Metallurg (1:0) uchrashuvidan keyin Dinamo bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov o'yin borasida to'xtalib o'tdi.
Albatta, omadsiz o'yinlardan so'ng nihoyat g'alaba qozonganimizdan juda xursandmiz. Bugun kichik hisob qayd etilgani bois, futbolchilar ikkinchi bo'limda asabiy o'yin namoyish etishdi. CHunki o'tgan o'yinlarda ham g'alaba qozona turib, Buxoro va Qizilqum bilan durang qayd etgandik. Bugun esa shogirdlarim ruhiy bosimdan chiqib keta olishdi va yakunda g'alabani qo'ldan chiqarmadik.
Bu g'alaba bizga juda zarur edi. Ayniqsa ruhiy jihatdan. Umid qilamanki, endi ishlarimiz yurishib ketadi. Oldinda bizni Farg'onada Neftchiga qarshi juda og'ir o'yin kutib turibdi. Farg'ona klubi ayni damda juda yaxshi o'yin namoyish etayotgan bo'lsada, biz vodiyda ochko olish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solamiz - deydi Tachmurod SHamakovich.

Fikrlar