Tachmurad Agamurodov: "Samarqanddek shahar jamoasida faoliyat yuritganimdan faxrlanaman"
03 iyu 2015 10:29
Yangiliklar

Tachmurad Agamurodov: "Samarqanddek shahar jamoasida faoliyat yuritganimdan faxrlanaman"
Dinamo bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov klub bilan xayrlashuvdan so'ng, jamoa muxlislariga murojaat etdi.
Qadrli, Dinamo muxlislari! Men Samarqanddagi faoliyatim davomida har doim mahalliy muxlislarning doimiy qo'llab-quvvatlashlarini his etib kelganman. Falabali kunda bo'lgani kabi, og'ir damlarda ham jonkuyar ishqibozlarning taftini his etganman.
SHuning barobarida eng avvalo jamoaning muxlislar uchun to'p surishini bosh maqsad qilganman. Mavsum davomida eng fidoyi muxlislar bilan o'tkazilgan uchrashuvlarda ham, ularning fikrlariga quloq tutib, ishonchlarini oqlashga harakat qildim. Sizlarni juda yaxshi tushunaman va tushunib turibman. Ammo hayotda hammasi biz o'ylaganchalik bo'lmaydi. Ayrim sabablar va salomatligim haqida ham qayg'urishim uchun jamoa bilan xayrlashdim. Samarqanddek shahar jamoasida bir emas, ikki marotoba faoliyat yuritganimdan faxrlanaman. Klub oldida ham, muxlislar oldida ham vijdonim pok. Dinamo g'alabali o'yinlari bilan siz aziz muxlislarni xursand etadi, deb tilak bildirib qolaman - deya xayrlashdi Tachmurod SHamakovich.

Fikrlar