So’nggi yangiliklar

18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   0 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  2 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1

Tachmurad Agamurodov: "Dinamo"ning maqsadi oliy ligada qolish" Yangiliklar

Tachmurad Agamurodov: "Dinamo"ning maqsadi oliy ligada qolish"

"Mashal" - "Dinamo" (3:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida Tachmurad Agamurodov ishtirok etdi.
"Yigitlar o'yinni yaxshi boshlashdi, o'yinni nazorat qildik. Ob-havo ancha issiq edi, raqibning o'yini chiqmadi. Gol urib hisobda oldinga chiqib oldik. Afsuski tanaffusdan so'ng ikki nafar yosh futbolchimizning xatolari tufayli ikkita gol o'tkazib yubordik. "Mashal"ni g'alaba bilan tabriklayman", - deydi Agamurodov.

"Dinamo"ning maqsadi oliy ligada qolish. Umid qilamanki o'z maydonimizdagi o'yinlarda kerakli ochkolarni qo'lga kiritamiz. Agar shunday bo'lsa imkon qadar yuqoriroq o'rinlarga harakat qilamiz".

"Sirojiddin Sayfiev yaxshi o'ynadi, biroq og'riq sezib o'zini almashtirishlarini so'radi. SHu bois Sanoqulovni tushurdim. Afsuski aynan u yoshlik qilib penalti ishladi".

"Jamoani qabul qilib olganimda tajribali va qobiliyatli futbolchilardan iborat edi. Biroq ruhiy holat og'ir edi, bir qator omadsiz o'yinlardan so'ng yigitlarda qiyinchilik bor edi. Ushbu "ruhiy o'ra"dan chiqib keta oldik".

"O'zbekistonda futbol bir joyda turayotgani yo'q. Yaxshi jamoalar ko'paymoqda, masalan "Mashal"ni olaylik. Birinchi ligadan chiqib yuqori o'rinlar uchun kurashmoqda. SHunday jamoalar ko'paysa chempionat rivojlanib boraveradi".
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика