Tachmurad Agamurodov: “Barcha jamoada muammo bor, bizda ham”
14 mar 2015 18:50
Yangiliklar


Tachmurad Agamurodov: “Barcha jamoada muammo bor, bizda ham”
"Jamoa bu tarkib bilan tayyorgarlikni kech boshlagan. Birinchi bo'limda o'yinimiz u qadar chiqmadi. Ikkinchi bo'limda o'zimizga keldik, tashabbusga ega bo'ldik. Gol urdik, ammo hakamlar hisobga olishmadi. Bu haqda gapirishni istamayman", - deydi Agamurodov.
- Aytishlaricha "Dinamo" futbolchilari oylik olishmagani uchun bugun o'ynashni istamay harakat qilishibdi.
- Bugungi o'yinni ko'rdinglarmi? Futbolchilarimiz oxirigacha kurashishganini ko'rmadinglarmi? Muammo barcha klublarda bo'ladi, bizda ham bor. Lekin barcha yigitlar harakat qilishmoqda.
Hisobga olinmagan golga kelsak. Buni ko'rib chiqish kerak. Hakam va nazoratchilar o'yindan tashqari bor deb hisoblashdi.
Faqat bitta o'zgarish qilganimning sababi? Madrichenko jamoaga u qadar qo'shilib keta olmadi. Unga jarohat ham xalal berdi. Uning o'rniga Murodovni tushurdik. Ikkinchi bo'limda tashabbus bizning tomonda edi. SHu bois o'zgarishlarni amalga oshirmadik.
Damir Kabilov yozib oldi

Fikrlar