So’nggi yangiliklar

19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  0 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  1 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  0 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  0 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  10 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  13 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  4 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  3 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  4 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  8 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1

Tachmurad Agamuradov: "Boshdan baland sakrab bo'lmaydi" Yangiliklar

Tachmurad Agamuradov: "Boshdan baland sakrab bo'lmaydi"

Coca Cola Superligasi 7-turida "Lokomotiv" maydonidagi mag'lubiyatdan keyin "Qizilqum" bosh murabbiyi Tachmurad Agamuradov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Umuman olganda o'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Birinchi bo'limda raqibga ustunlikka erishishi uchun imkoniyat bermadik. Afsuski, tarkib borasida bizda muammolar bor. Zaxiradan tushayotgan futbolchilar o'yinni kuchaytira olishmayapti, aksincha, jamoani kuchsizlantirmoqda. O'yinning yakunida bo'lgan vaziyatlarni inobatga olmasak, o'yin durangga mos edi. Hechqisi yo'q, ishlashda davom etamiz. "Lokomotiv"ni esa g'alaba bilan tabriklayman.

- Jamoadagi asosiy kamchilik qanday?
- Sifatli futbolchilar bizga etishmayapti. Biz qo'l ostimizdagi futbolchilarni ishlatyapmiz. SHu boisdan uzoqqa bora olmayapmiz. CHunki boshdan baland sakrab bo'lmaydi. Natijalarga erishish uchun shunga yarasha futbolchilar kerak.

- Restartdan keyin jamoa to'rtinchi o'yinda ham gol ura olmayapti.
- Qanday qilib gol ura olamiz? Ruxsatdan keyin atigi 7-8 kun mashg'ulotlarda qatnashdik. Menimcha bunday holat deyarli barcha klublarda bo'ldi. Ammo mening futbolchilarim jismoniy va funkcional jihatdan etarlicha tayyorgarlikka erisha olmadi. SHuningdek, futbolchilarga sovuqqonlik va mahorat ham etishmayapti. Bu erda biror futbolchini gapirib, uyaltirmoqchi emasman.

- Avgust oyida transferlar oynasi ochiladi. Jamoa tarkibi qanchalik darajada o'zgaradi?
- Katta o'zgarishlar bo'ladi. Kamida 7-8 futbolchi bilan xayrlashamiz. Ularning o'rniga sifatli futbolchilar olamiz. Hozirgi yomon holatdan chiqib olish uchun bizga kuchli tayyorgarlikka ega futbolchilar talab qilinadi.

- Oldingizga qanday vazifalar qo'yilgan?
- Hozirgi vazifamiz - mana shu holatdan chiqib olish. Buni uddalab olsak, mavsum davomida bizning oldimizga vazifalar qo'yib boriladi. Aslida vazifalar doimo mavsum avvalida qo'yilardi. Jamoa tarkibini men yig'maganman va shu sababli ham bu borada shunday kelishib olganmiz.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика