So’nggi yangiliklar

16:42"Ал Ҳилол" Анчелоттига йилига 50 млн евро таклиф қилмоқда  0 16:34Ўзбекистон кубоги. Учта ўйин бошланмоқда  0 16:29Лутфулла Тўраев, Садриддин Абдуллаев, Камолиддин Тожиев — U-19 чемпионатида бу йил яна кимлар мураббийлик қилмоқда? (1-қисм)  0 15:46"Футбол олами". Меҳмонлар умуман гол ура олмаган 7-тур ҳақида батафсил  0 15:09Анчелоттидан "Реал" ҳам, Бразилия федерацияси ҳам норози   4 14:10Хави ёки тен Хаг Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 14:01Азизбек Ғаниев: "БАА Ўзбекистон билан ўйинга кичкина стадионни танлаганидан хайрон қолдим"  9 13:44Етакчи лигаларни бирлаштирган Жером Перлемутер июнда Тошкентга келади  1 13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 13:13Кунде уч марта кеч қолиб, захирада қолиб кетгани учун "Барселона" ходимларидан ёрдам сўради  7 12:57Анчелоттининг рад жавобидан сўнг Бразилия терма жамоаси мураббийлигига асосий номзод ўзгарди  1 12:27Суперлиганинг 8-турида ишлайиган ҳакамлар билан танишинг  1 10:50«Байер» Алонсонинг ўрнига Испаниядан бошқа мураббий топди  0 10:22Анчелоттининг навбатдаги жамоаси қайси бўлиши очиқланди  6 09:25«Барселона»га қарши учрашувда қизил карточка олган «Реал» футболчиларининг тақдири маълум  29

Taassurot: Bunaqa sharoitda faqat o'ynash kerak Yangiliklar

Taassurot: Bunaqa sharoitda faqat o'ynash kerak

Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi o'ta muhim o'yinda maydonga tushadi.
Ana-mana deb Osiyo Kubogining 3-tur bahslariga ham etib keldik. Avvaliga Sidney, keyin Brisbenda o'ynagan terma jamoamiz ertaga Melburn shahrida guruh bosqichidan o'rin olgan oxirgi uchrashuvni o'tkazadi. Saudiya Arabistoni bilan kechadigan bahsda bizni faqat G'ALABA qoniqtiradi, chunki uch ochko qo'lga kiritilgan taqdirdagina chorak finalga yo'l olamiz. Yo'qsa, Osiyo Kubogi bilan xayrlashdik deyavering. Raqibimizga esa durang ham kifoya qiladi. Negaki arablarda to'plar nisbati birmuncha yaxshi. Biz KXDRni zo'rg'a 1:0 hisobida yutgan bo'lsak, ular osonlik bilan 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Melburnga etib kelganimizga mana uch kun bo'ldi. Bu erdagi sharoitlar ham xuddi Sidney va Brisbendagi kabi alo darajada. Futbol o'ynash uchun hamma narsa etarli. Jamoalarni kutib olish va kuzatib qo'yish, jurnalistlarni kerakli ashyolar bilan taminlash, xullas hammasi joyida. Bir so'z bilan aytganda, bunaqa sharoitda faqat o'ynash kerak. Boshqa hech narsani o'ylamasdan, faqat o'yinni o'ylash kerak. Saudiya Arabistoni biz uchun qanchalik jiddiy raqib ekanligini malum. Ularning murabbiyi Kosmin Olariu matbuot anjumanida shogirdlari dastlabki ikki uchrashuvda juda yaxshi harakat qilishganini bot-bot takidlashdan charchamayapti. "Hatto Xitoyga yutqazib qo'ygan bo'lsak-da, ulardan bir bosh kuchli edik", - deydi ruminiyalik murabbiy.

Agar Saudiyani mag'lub etishning uddasidan chiqsak, unda yana Melburnda qolamiz va "A" guruhi g'olibini kutamiz. Negaki bizning guruhda Xitoy allaqachon birinchi o'rinni egallab bo'ldi. Ikkinchi o'rin bizga nasib etsa yo Avstraliya yoki Janubiy Koreyaga qarshi chorak final bahsini o'tkazamiz. Mabodo Avstraliya bilan o'ynagudek bo'lsak, bu o'yin mamlakatda qanchalik ajiotaj bo'lishini o'zingiz tasavvur qilib ko'ravering. Lekin buning uchun avvalo Saudiya Arabistonini engishga to'g'ri keladi.

Bugun odatdagidek o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Dastlab raqib jamoa ustozi Kosmin Olariu tashrif buyurib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. Aksariyat savollar arab jurnalistlari tomonidan berildi. Ruminiyalik murabbiy juda o'ziga ishonuvchan shekilli qo'rqmasdan "Bizga durang ham maqul, ammo g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz" dedi. Har bir savolga chertib-chertib javob qaytarishga harakat qildi. SHuningdek, biz o'yindan o'yinga kuchayyapmiz deb qo'shib qo'ydi.

Undan keyin esa Mirjalol Qosimov bilan Aziz Haydarov kirib keldi. Kosmin Olario bor paytda uzundan uzun savol bergan saudiyalik jurnalistlardan zalda deyarli hech kim qolmadi, ko'pchiligi chiqib ketdi. Terma jamoamiz bosh murabbiyi bizni nihoyatda qiyin uchrashuv kutib turganini, lekin futbolchilar o'yinga ham ruhan, ham jismonan tayyorligini aytdi. Aziz Haydarov ham ishonch bilan gapirdi. "Ertangi bellashuv biz uchun final bahsiga teng" dedi u. SHuningdek, yarim himoyachimiz raqib futbolchilariga baho berar ekan, saudiyaliklar individual jihatdan ancha kuchli ekanligini qo'shib qo'ydi.

Aytib o'tganimizdek, Osiyo Kubogida ishtirok etayotgan har bir jamoa uchun tashkilotchilar tomonidan zarur shart-sharoitlar muhayyo qilingan. Bu borada umuman muammoga duya kelmaysiz. Futbolchining futboldan boshqasini o'ylashga zarurat qolmaydi. Darhaqiqat, Aziz Haydarov aytganidek, ertaga bizni kichik final kutib turibdi. Xitoydan uchralgan mag'lubiyatdan keyin ishqibozlarning o'ta tushkun kayfiyatga tushib qolishgani hammaga malum. O'ylaymizki, futbolchilar ham buni yaxshi his qilib turishibdi. Xitoy bilan o'yinda futbolchilarimizning ko'zida olov ko'rinmadi degan gaplar hamon aytilmoqda. Ammo Mirjalol Qosimov buni inkor qildi. SHu o'rinda biz bosh murabbiyning bu gapini muhokama qilmay turamiz va chindan ham ko'zida o't yo'q degan gap noto'g'ri bo'lsa, unda ertangi uchrashuvda isbotlanishini xohlaymiz.

Xayrulla Xoliqov
Melburn, Avstraliya.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика