Taarabt: "KPR futbolchilarining yarmi shunchaki pul ishlashgan"
29 iyu 2015 17:43
Yangiliklar


Taarabt: "KPR futbolchilarining yarmi shunchaki pul ishlashgan"
So'nggi olti yilni KPRda o'tkazgan marokashlik yarim himoyachi Adel Taarabt jamoaning boshqa futbolchilarini jon berib futbol o'ynamaslikda aybladi.
Iyun o'rtasida Taarabt "Benfika"ga o'tdi.
"KPR o'yinchilarining yarmi klub haqida havotir olmagan va shunchaki pul ishlagan. Maoshim jamoadagi eng kattalaridan biri edi, ammo men futbol haqida o'ylardim.
Mavsum oldi mashg'ulotiga kelganimda Rednappga jamoa pasga ketayotganini aytganman. U ham gaplarimga qo'shildi. Garri yomon inson emas, ammo u yomon boshqaruvchi va yomon murabbiy" - deydi Taarabt.

Fikrlar