So’nggi yangiliklar

07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  0 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  9 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  3 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  2 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  7 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  21 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2

Suyunov nega yo'q? Yangiliklar

Suyunov nega yo'q?

O'zbekiston terma jamoasining Turkiya yig'iniga jalb etilgan tarkibdan tushib qolgan "Paxtakor" darvozaboni Eldorbek Suyunov nega yo'qligi haqida SHahboz Beg'amov o'zining telegram kanalida quyidagi fikrlarni bildirdi.

"O'FA matbuot xizmati O'zbekiston terma jamoasining Turkiyada (15-29 dekabr) o'tkazadigan yig'ini uchun chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini elon qildi.

Unga ko'ra, Ektor Kuper Turkiyaga 27 nafar futbolchi bilan yo'l oladigan bo'ldi.

Tarkibdagi 4 nafari darvozabonlar, 8 himoyachi, 12 yarim himoyachi va 3 nafar  hujumchi Osiyo Kubogi oldidan ko'riladigan tayyorgarlikning yakuniy bosqichida ishtirok etishadi.

Mazkur kengaytirilgan tarkibga kecha yozganimdek Kuper avval terma jamoa yig'iniga jalb etmagan yangi nomlar ham yo'q emas. Ular Javohir Ilyosov (darvozabon), Fozil Musaev (tayanch yarim himoyachi) va Dilshod Rahmatullaev (tayanch yarim himoyachi). Faqatgina SHerzod Azamov ro'yxatdan tushib qolgani tushunarsiz. Superligada eng barqaror va ishonchli o'ynagan mazkur markaziy himoyachi Kuper short-listidan o'rin olgandi. Ammo Turkiyaga boradigan ro'yxatda kirmagani kutilmagan yangilik bo'ldi.

Ko'plab gap-so'zlarga sabab bo'lgan va Kuperning o'yin uslubiga tushmagani bois etibordan chetda qolgan Rashidov nihoyat yana termaga qaytarildi. Kuper har yig'inda jalb etgan futbolchilar orasidan Kozak va Husniddin G'ofurov tushib qoldi. Intizom taraflama Kuperga maqul kelmagan Vitaliy Denisov yana ro'yxatga kiritilmadi.

Joriy mavsumda Superligada eng yaxshi darvozabon bo'lgan (eng ko'p quruq o'yin, eng kam gol o'tkazgan) Eldorbek Suyunov "Paxtakor" mashg'ulotida qo'lini panjasini sindirib olgani haqida xabar bergandik. Gips kamida 3 hafta echilmasligi va Suyunov dekabr oyining so'nggi 10 kunligida mashg'ulotlarga qatnashishi kutilgandi.

Darvozabon aynan terma jamoa bilan Turkiya yig'iniga borish uchun atayin gipsni kutilganidan ham avvalroq echtirib, davolash jarayonini tezlashtirish maqsadida singan joyiga shina qo'ydirishga ham ulgurdi. Hozirda singan joyini tezroq bitishi uchun maxsus muolaja olmoqda. Ochig'i, Suyunov Turkiya yig'iniga borishni juda istagandi. Turkiya yig'iniga boradigan tarkibdan tushib qolgani darvozabonni ranjitgani bor gap.

Hozirda terma jamoamizning asosiy kiperi bo'lishi uchun munosib va loyiq nomzodni Turkiya yig'inidan tushib qolgani Osiyo Kubogiga borish imkoniyatlarini qanchalik pasaytirib yubordi, bu borada aniq bir narsa deyish mushkul.

SHu boisdan ham terma jamoa shifokori Abror Pirrievga murojaat qildim. Abror akaning aytishicha, Suyunov hali qita chempionatiga qadar tiklanishga ulguradi. Hattoki darvozabon Turkiya yig'iniga borishi va bir necha kundan so'ng mashg'ulotlarni asta-sekin boshlashi mumkin edi. Biroq murabbiylar shtabi mashg'ulotlarda to'laqonli qatnasha olmasligi va nazorat uchrashuvida maydonga tusha olmasligi sababdan Suyunovning o'rniga boshqa darvozabonni Turkiyaga olib ketishni maqul ko'rishdi. Abror Pirrievning malum qilishicha, Turkiya yig'inidan qaytilgach, Suyunovning singan panjasi yana qayta tekshiruvdan o'tkaziladi va tibbiy xulosaga ko'ra yakuniy qarorga kelinadi. Jarohatni bitish jarayonidan kelib chiqib aytganda, Suyunovning Osiyo Kubogiga borish imkoniyatlari yo'qotilmagan.

Taxminlarga ko'ra, darvozabon qita chempionatiga qadar butkul tiklanishga ulguradi. Har holda Eldorbek Suyunov buning uchun qo'lidan kelgan barcha ishni bajarib, muolaja jarayonini yanada tezlatib yuborgan", - deb yozadi saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov o'zining telegram kanalida.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика