So’nggi yangiliklar

16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  1 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  3 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  1 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  25 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   3 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  3 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  9

Suxrob Berdiev: Hamisha aybni o'zimdan izlaganman Yangiliklar

Suxrob Berdiev: Hamisha aybni o'zimdan izlaganman

O'zbekiston milliy chempionati oliy ligasining birinchi davra bahslari ham asta-sekin o'z yakuni sari yaqinlashyapti.
Ortda qolgan 9ta turdan so'ng hozircha chempionat kashfiyotlari qatorida etirof etilayotgan Qo'qon-1912 jamoasi etakchilaridan biri Suhrob Berdievdan Paxtakorga qarshi kechgan o'yindan so'ng intervyu oldik.

– Suhrob, Paxtakorga qarshi kechgan uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko'rildimi yoki odatdagidekmi?
– Odatdagidek tayyorlandik. Biz har bir uchrashuvda g'alaba qozonishga intilamiz. Tabiiyki, tayyorgarlik ham shunga monand bo'ladi.

– Lekin bu safar g'alaba qozonish nasib qilmadi. Yoki durang ham g'alabadek qabul qilindimi?
– Yo'q, bu uchrashuvda Paxtakorga nisbatan bizda g'alaba qozonish uchun imkoniyat yuqoriroq edi. O'yinning so'nggi daqiqalarida ham golga tortadigan xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Afsuski, hujumlarni samarali yakunlay olmadik.

– Hisobni ochib oldinglar, tezkor gol ham urildi, lekin…
– Muxlislar bir-biriga o'xshamagan bo'limlar guvohiga aylanishdi. Dastlabki 45 daqiqani ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdik. Tashabbusni qo'lga olib, hisobni ochishga erishdik. Ammo ikkinchi bo'lim boshida gol o'tkazib yuborganimizdan keyin o'z o'yinimizni topa olmadik.

– Tanaffusda murabbiydan qanday ko'rsatma olgandinglar?
– Ikkinchi bo'limda to'pni o'z nazoratimizda ushlab turish va hujum qilishimiz lozim edi.

– Suhrob, o'tgan mavsumni Paxtakor safida boshlagandingiz. Sobiq klubingizga qarshi o'ynash oson bo'lmagandir?
– Albatta. Axir Paxtakor tarkibida yarim mavsum to'p surdim. Ketayotgan paytimda ham ular bilan juda iliq tarzda xayrlashgandim.

– Paxtakorga yaxshi niyatlar bilan o'tgandingiz. Lekin jamoada uzoq muddat qolish nasib qilmadi. Buning sababi nimada?
– Birinchi navbatda, Paxtakorning taktikasiga tushunmadim va o'yinga moslasholmadim. Lekin bu borada murabbiylarga hech qanday etirozim yo'q. Hamisha aybni o'zimdan izlaganman. Agar yana shunday imkoniyat taqdim etilsa, bundan oqilona foydalanib qolaman.

– Qo'qon-1912 varianti qanday paydo bo'ldi?
– No'mon Hasanovning taklifiga ko'ra, jamoa bilan shartnoma imzoladim. O'sha payt 2-3ta klubdan taklif tushgandi. Lekin No'mon akani yaqindan bilganim uchun boshqalarga rad javobini berdim. Hozir ushbu qarorimdan afsuslanmayman.

– Qo'qon-1912ning joriy mavsumda erishayotgan muvaffaqiyatlari siri nimada?
– Menimcha, eng katta sabab – bu murabbiy mahorati. No'mon Hasanovning o'yinga tanlayotgan taktikasi ish beryapti.

– Metallurgga qarshi o'yinda xet-trik muallifiga aylandingiz. Mazkur bahsda omad ham kulib boqdi, deb o'ylaysizmi?
– Albatta, o'sha o'yinda omadim keldi. Eng muhimi, gol urib, vazifamni bajardim.

– Maydonda sof hujumchi sifatida o'ynayapsizmi?
– Asosan chap qanot yarim himoyasida to'p suryapman.

– Bu sizga noqulaylik tug'dirmayaptimi?
– Yo'q. Anchadan beri bu poziciyada o'ynab kelyapman.

– No'mon Hasanov bir necha marotaba turning eng yaxshi murabbiyi, deb topildi. Bu mutaxassisning kuchli tomonlari nimada?
– Jamoani o'yinga har tomonlama yaxshi tayyorlay oladi. Futbolchilarni qanday ruhlantirishni biladi. Eng muhimi, raqib qanday kuchga ega bo'lishidan qatiy nazar, futbolchilarni qo'rqmasdan o'ynashga unday oladi. Kuchli taktik. Bunday murabbiylar oliy ligamizda kam.

– Lokomotiv Dubaydagi o'yinda Al-Ahliga yutqazib, yuzaga kelgan yaxshigina imkoniyatdan foydalana olmadi. Jamoalarimizning OCHLdagi omadsiz ishtirokini qanday baholaysiz?
– Aksariyat muxlislar qatori Lokomotivning g'alabasiga umid qilgandim. Afsuski, qulay imkoniyat ko'kka sovurildi. Jamoaning o'yini umuman o'xshamadi. Vaholanki, temiryo'lchilar birinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida katta tashabbusga ega bo'lishgandi. Golga tortadigan xavfli hujum ham tashkil qilindi, lekin undan foydalana olishmadi.

“Interfutbol” gazetasidan olindi
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика