So’nggi yangiliklar

22:55ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди  97 22:36Фабрегас: "Реал"даги исталган ўйинчи майдонга тушишга лойиқ. Алонсога қийин"  1 21:45Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан хайрлашди  6 21:22Ван де Вен оғир жароҳат етказгани учун Исакдан кечирим сўради  1 20:52Аморим Фернандеш ва Майну "Ньюкасл"га қарши ўйнамаслигини маълум қилди  0 20:21"Хоразм" Аббосжон Отахонов билан шартномани узайтирди  0 19:28"Ливерпуль" спорт директори Салоҳнинг агенти билан музокара ўтказади, футболчи эса Африка Кубогида  0 19:00"Шунчаки, мен кучлилик қилдим". Это'О ва терма жамоа бош мураббийи ўртасидаги жанжал, иккита қайднома... Барчаси ҳақида батафсил гаплашамиз  1 18:47МЮ Семеньога таклиф билан чиқди, аммо рақобатчилардан кўпроқ тўлашга тайёр эмасди  1 18:26Фабрегас "Реал" ҳақида: "Барча футболчилар ўйнашга лойиқ, Алонсонинг вазифаси қийин бўлса керак"  2 17:50Риисе Клопп ҳақида: "Уни терма жамоа мураббийи сифатида кўряпман"  0 17:15МЮ ёзда "Олд Траффорд"ни "ремонт" қилмоқчи  0 16:35Перес Винисиуснинг "Реал"дан кетишини истамайди. Мадридликлар вингер билан шартномани иложи борича тезроқ узайтирмоқчи  5 16:00ПСЖ Луис Энрике билан уникал шартнома имзоламоқчи. Вазият аслида қандай?  0 15:42Игорь Сергеевнинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  23

"Surxon"ga bitta "zarb" etadi Yangiliklar

"Surxon"ga bitta "zarb" etadi

"Zarb" deganda jamoaning kaltaklangan futbolchilari emas, o'tkazgan gollari nazarda tutildi.

Termiz klubi kecha AGMK mehmoni bo'lib, minimal hisobda imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol Dilshod Ahmadalievning nomiga yozildi.

Mazkur bahs jamoalar o'rtasidagi oltinchisi bo'ldi. Ustunlik to'liq AGMK tomonda. Olmaliqliklar "Surxon"ga faqat 1 marta imkoniyatni boy berib, 5 bor zafar quchishgan. Bu klublar hech qachon murosa ko'chasini tanlashmagan.

Etiborli jihati, Termiz va Olmaliq jamoalari o'rtasidagi o'yinlarda hech qachon ikkala tomon ham gol urmagan.

05.05.2019 AGMK 2:0 "Surxon"

20.09.2019 "Surxon" 1:0 AGMK

20.06.2020 AGMK 1:0 "Surxon"

01.10.2020 "Surxon" 0:1 AGMK

06.05.2021 "Surxon" 0:1 AGMK

26.09.2021 AGMK 1:0 "Surxon"

Guvohi bo'lganingizdek, "Surxon"ning Mirjalol Qosimov shogirdlari ustida qozongan yagona g'alabasi 2019 yilning sentyabr oyiga to'g'ri keladi. O'sha o'yin taqdirini ayni paytda "Paxtakor" sharafini himoya qilayotgan Abror Ismoilovning goli hal qilgandi.

"Surxon" – AGMK 1:0

Gol: A.Ismoilov 70

"Surxon" — 1.Asilbek Amonov, 2.Abduqahhor Xojiakbarov, 4.Duglas Nasimento (9.SHohnazar Norbekov, 58), 5.Azamat Isroilov, 6.Rahmatillo Berdimurodov, 10.SHavkat Salomov (99.Lukas Kunya, 90+3), 13.Abdulaziz Yusupov, 14.Abrorbek Ismoilov, 17.Eldor Boymatov, 44.Darko Stanoevich, 77.Asror G'ofurov.

Zaxira: 12.Azamat Ahmedov, 22.Sardor Qobuljonov, 7.Ravshanbek Xursanov, 15.Azamat Allaniyazov, 66.Behruz SHaydulov, 70.Suhrob Nematov, 81.Sanjarbek Ahmedov.

AGMK (4-2-3-1) — 32.Suhrob Sultonov - 23.Akmal SHorahmedov (sardor), 88.Igor Zonich, 33.Sardor Rahmonov, 8.Sanat SHixov - 3.Erkin Baydullaev, 5.Dilshod Jo'raev - 97.Jasur Yaxshiboev (31.Saydullo Rahmatov, 58), 4.Mirjamol Qosimov (30.Jasur Umarov, 65), 7.Elguja Grigalashvili - 99.SHahzod Nurmatov.

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 15.Jasur Hakimov, 17.Murod Toshmatov, 20.Mirg'iyoz Sulaymonov, 21.G'ulomHaydar Gulyamov, 44.Bobur Yo'ldoshev, 77.Vladislav Kasminin.

Ogohlantirishlar: A.Amonov 89 - D.Jo'raev 37

So'nggi 2 mavsumda o'tkazilgan 4 o'yinda "Surxon" Olmaliq klubiga 12 ochko ulashdi. Qizig'i shundaki, bu bahslarning barchasida Termiz klubini AGMKning 1 ta goli "nokaut"ga uchratib kelmoqda.

"Navbahor" — "Qizilqum": 8 yillik anana buzildi!

Muallif :
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика