Surxondaryoda murabbiylar kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan seminar boshlandi
28 may 2018 20:24
Yangiliklar


Surxondaryoda murabbiylar kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan seminar boshlandi
Joriy yilning 30 may kuniga qadar o'tkazilishi mo'ljallangan ushbu seminarda Surxondaryolik O'FA va OFK sertifikatlariga ega bo'lgan 78 nafar murabbiy ishtirok etmoqda.
SHuningdek, Namangan viloyatida ham ana shunday seminar tashkil etilgani haqida avval xabar berib o'tgandik. Hozirgi kunda Namangandagi seminar o'zining yakuniy bosqichiga etib kelgan. 28 may kuni murabbiylar amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish bo'yicha sinov imtihonlari topshirishdi. 29 may kuni esa murabbiylarning salohiyati hamda layoqatini sinash amaliyoti tashkil qilinadi.
Avvalroq murabbiylar kasbiy mahoratini aniqlash bo'yicha bunday seminarlar Andijon, Samarqand, Farg'ona va Qashqadaryo viloyatlarida o'tkazilgandi. Bunday seminarlar butun respublikamiz bo'ylab o'tkazilishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar