"Surxon"da yangi bosh murabbiy ish boshladi
29 iyu 2020 14:01
Yangiliklar
"Surxon"da yangi bosh murabbiy ish boshladi
Restardan keyngi uchta turda bitta durang va ikkita mag'ubiyat qayd etgan Termiz klubi bosh murabbiyi Bahrom Haydarovning o'rnini Xomyakov egalladi. Biroq bu borada murabbiyning o'zi shunday dedi:
"Hozircha rasmiy hech narsa ayta olmayman. Barchasi muzokara bosqichida. Kelisha olsak bu haqda albatta aytaman".
Olingan malumotlarga ko'ra, Xomyakov "Surxon" futbolchilariga yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirilgan va mashg'ulotlarni ham o'tkazishga ulgurgan.
PFLdan olingan xabarga ko'ra, hozircha "Surxonyangi bosh murabbiyni ro'yxatdan o'tkazmagan, biroq yaqin orada shuni rejalashtirayotgan ekan.
"Surxon" klubi 2020 yilgi mavsumni SHavkat Abduxo'jaev bosh murabbiyigida boshlagan, 2-turda Bahrom Haydarov ish boshlagan edi. Klub Coca Cola Superligasining 7-turini 2 iyul kuni Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar