"Surxon"da yangi bosh murabbiy ish boshladi

Aslanov Jasurbek
29 iyun 2020
"Mashal" va "Andijon" klublaridagi faoliyati bilan o'zbekistonlik futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan Aleksandr Xomyakov "Surxon"da ish boshladi.

Restardan keyngi uchta turda bitta durang va ikkita mag'ubiyat qayd etgan Termiz klubi bosh murabbiyi Bahrom Haydarovning o'rnini Xomyakov egalladi. Biroq bu borada murabbiyning o'zi shunday dedi: 

"Hozircha rasmiy hech narsa ayta olmayman. Barchasi muzokara bosqichida. Kelisha olsak bu haqda albatta aytaman". 

 Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Xomyakov "Surxon" futbolchilariga yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirilgan va mashg'ulotlarni ham o'tkazishga ulgurgan.  

PFLdan olingan xabarga ko'ra, hozircha "Surxonyangi bosh murabbiyni ro'yxatdan o'tkazmagan, biroq yaqin orada shuni rejalashtirayotgan ekan. 

"Surxon" klubi 2020 yilgi mavsumni Shavkat Abduxo'jaev bosh murabbiyigida boshlagan, 2-turda Bahrom Haydarov ish boshlagan edi. Klub Coca Cola Superligasining 7-turini 2 iyul kuni Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia