So’nggi yangiliklar

08:16«Бухоро» Хўжандга жўнаб кетди. Таркибда кимлар бор?  1 07:39Ҳусанов «Манчестер Сити» билан неча йиллик шартнома тузиши маълум  18 02:47Йўқ, бу амалга ошмади: ота-ўғил Янглар бир-бирига қарши ўйнамади  0 01:58Испания Суперкубоги финалида "Эл Класико" кўрамиз!  16 01:52Эксклюзив: "Манчестер Сити" "Ланс"га расмий таклиф билан чиқди, Ҳусановнинг нархи янада ошди  39 01:26Неймар "Ал Ҳилол"га қимматга тушди  7 01:00Расман: Амад Диалло шартномани узайтирди  2 00:35Улар яна бирга бўлишади: Каземиро Саудия томон йўл олмоқда  3 00:12Роналду фаолиятидаги 917-голини урган ўйинда "Ал Насср" иродали ғалаба қайд этди  4 23:58Англия Кубоги: "Эвертон" - "Питерборо" ўйинида ота ва ўғил бир-бирига қарши ўйнайдими?  1 23:27Расман: АПЛ клуби ўйин куни бош мураббийни истеъфога чиқарди  0 23:13"Бухоро" мавсумни қайси стадионда бошлаши аниқ бўлди  5 23:06Испания Суперкубоги. "Реал" - "Мальорка" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 22:50"Барселона": Шкафлар сотилади  19 22:33"Астон Вилла" 150 йиллик юбилейига атаб либос тақдим қилди  0

"Surxon": Yangi mavsumga, yangi maqsadlar bilan Yangiliklar

"Surxon": Yangi mavsumga, yangi maqsadlar bilan

Termizning "Surxon" klubi 2022 yilgi mavsumga yangi homiy, yangi maqsadlar va yangi murabbiylar shtabi bilan kirib keldi.

Bugun, 17 mart kuni "Bunyodkor" stadioni matbuot anjumanlari zalida "Surxon" klubi bosh murabbiyi Anxel Lopes, futbolchilar Zohir Pirimov va Luis Migel Kezada ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.


"Birinchi navbatda "Surxon"dek katta loyihada ekanligimdan faxrlanaman. O'zbekistonda, shunday klubda ishlayotganimdan xursandman. Klub rivoji uchun hissa qo'shishga va muxlislarni xursand qilishga harakat qilaman", - deydi Anxel Lopes.

"Bu yildan "Surxon" yangi homiy va yangicha ko'rinishda namoyon bo'ldi. Klubda xorijdan yangi murabbiy keldi. O'zgarishlar katta. Mashg'ulot jarayoni juda qiziqarli o'tmoqda, o'zimiz uchun yangi narsalar o'rganib boryapmiz", - dedi Zohir Pirimov.

"Bu klubda ekanimdan va ushbu loyiha azosi ekanimdan xursandman. Hozir bor etiborim "Surxon" bilan g'alabalarga erishishga va maqsadlarga erishishga qaratilgan", - dedi Luis Migel Kezada.







- "Surxon" klubi oldiga rahbariyat tomonidan aniq bir vazifa qo'yilganmi?
- Eng asosiysi qadamma-qadam oldinga va klubni rivojlantirish intilish. Hozir bizga qiyin, sababi Termizdagi stadion rekonstrukciya qilinmoqda. Uy o'yinlarimizni Samarqandda o'tkazyapmiz. Ammo shunga qaramay barcha ish to'g'ri olib borilmoqda. Qisqa muddatda yangi futbolchilar kelishdi, yangi murabbiylar shtabi ish boshladi. Bu mavsum men uchun hal qiluvchi bo'ladi. "Surxon" klub rivojlantirishning yangi yo'nalishini belgilab oldi. Bu yaqin kelajakda o'z mevasini beladi.

- Bosh murabbiy sifatida faqat bir yillik rejalarni tuzganmisiz yoki uzoq yillik loyihami bu?

- O'z vaqtimni qisqa muddat ishlash orqali sarfalamoqchi emasman. "Surxon"dek klubni rivojlantirish uchun uzoq muddatli rejalar tuzilgan. Klubda professionallar yig'ilgan. Men nafaqat asosiy tarkibga, balki yoshlar jamoalariga ham etibor qilaman. Ularni o'sishiga yordam bermoqchiman. Umid qilamanki, imkon qadar tezroq Termizda o'yin o'tkazamiz.


- "Surxon"dan taklif qanday paydo bo'ldi? Bu erga kelishdan oldin o'zbek futboli haqida nimalarni bilardingiz?
- Bir necha yil oldin Ispaniyada o'zbekistonlik murabbiylar bilan tanishib qolgandim. O'sha paytda O'zbekiston futboli haqida malumotlar bilan qiziqqanman. Keyinroq "Al SHabab"da ishladim, u erda Aziz Haydarov o'ynardi. Undan yanada ko'proq malumotlarga ega bo'ldim. O'zbekistonga juda tez moslashib oldim va o'zimni juda yaxshi his qilayapman.

- O'zbekistonda ikkita o'yin o'tkazdingiz. Futbolimiz, stadionlarimiz haqida dastlabki taassurotlaringiz qanday?

Luis Migel Kezada: - O'zbek chempionati juda tezkor, har bir jamoada yuqori saviyadagi futbolchilar yig'ilgan, infrastruktura ham yaxshi.



- Ko'pchilik ispaniyalik murabbiy keldimi, demak ispancha uslub ko'ramiz deb o'ylaydi. Xo'sh, siz "Surxon"da qanday uslub qo'llaysiz?
- Birinchi navbatda "Surxon" klubini, O'zbekiston chempionatini o'rganib chiqdim. Surxondaryolik muxlislarning talabchanligini ham bildim. Meni qaerdan ekanligim muhim emas, asosiysi o'z jamoamda hujumkor futbol ko'rishni xohlayman. Mavsumdan oldin qisqa muddatli yig'in o'tkazdik, boshqa jamoalar deylik Turkiyaga borib yig'in o'tkazishdi. Bizda afsuski bunday imkoniyat bo'lmadi. Superligada 3ta o'yin o'tkazdik va o'yinlar orqali yigitlarning jismoniy holati yaxshilanib bormoqda.

- "Surxon"ning bugungi kundagi tajribali futbolchisi sifatida surxondaryolik muxlislarga nimalar deya olasiz?

Zohir Pirimov: - Avvalo ularga katta rahmat aytaman. Uchta o'yin o'tkazgan bo'lsak, qaerda bo'lsa ham muxlislarimiz bizni yolg'iz qoldirishmadi. Ularga ijobiy natija qayd etib, javob berishga harakat qilyapmiz. Yangi bosh murabbiy qo'l ostida hujumkor o'yin namoyish etib, muxlislarni xursand qilamiz deb o'ylayman.



- Jamoadagi ko'p futbolchilar Superligada o'ynashgan, qolganlar esa xorijdan keldi. Mashg'ulotlar va o'yinlar vaqtida til borasida muammo bo'lmayaptimi?
Zohir Pirimov: - To'g'ri, klubda turli millat vakillari yig'ilgan. Futbol tili baribir bitta. Murabbiy barchani bir oiladek shakllantirishga harakat qilmoqda. Barchamiz bir maqsad yo'lida oldinga intilyapmiz, til borasida hech qanday muammo yo'q.

Luis Migel Kezada: - Til borasida hech qanday to'siq yo'q. Mahalliy va legioner futbolchilar o'zaro futbol tilida gaplashyapmiz, asosiy maqsadimiz g'alabalarga erishish.



- Superligadagi uchta turdan keyin raqib bosh murabbiylari va ularning uslublari haqida nimalar deya olasiz?
- O'zbekiston Osiyoning eng kuchli ligalaridan biriga ega. Men BAAda, Xitoyda ishlaganman. OCHLda ko'plab mamlakat klublariga qarshi o'ynaganman. Osiyo futbolini yaxshi bilaman. O'zbekiston chempionatida kuchli murabbiylar ishlashmoqda, buni natijalardan ham ko'rish mumkin. Etibor qiling dastlabki turlarda 1:0, 0:0 kabi hisoblar ko'p kuzatilmoqda. Bu erda raqib darvozasiga gol urish qiyin. Hozirgi maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba qozonish va oldinga intilishda davom etish.

- "Surxon"ning principial raqibi bormi?

Zohir Pirimov: - Bizda principial raqibimiz yo'q, qaysidir bitta jamoaga tayyorlanmaymiz. Murabbiyimiz aytganidek har bir bahsda maydonga g'alaba uchun tushyapmiz.

- "Surxon" klubining U-21 jamoasidagi futbolchilar haqida qanday fikrdasiz?

- Yaqinda U-21 chempionati doirasidagi "Olimpik" - "Surxon" uchrashuvini stadiondan kuzatdim. To'g'risi "Surxon" jamoasi yoshlarining o'yinini ko'rib hayratda qoldim. 2003 yilda tug'ilgan Samandar Qodirov "Navbahor" bilan bahsda Superligada debyut qilganini takidlashni xohlardim. Mening vazifam faqat g'alaba qozonish emas, balki mahalliy yosh futbolchilarga ko'proq imkoniyat berishdan ham iborat.




Narzulla Saydullaev tayyorladi

Foto: Jahongir Fayzullaev

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика