"Surxon" Vladimir Bubanyani "qidirmoqda"
31 iyu 2020 10:11
Yangiliklar
"Surxon" Vladimir Bubanyani "qidirmoqda"
Termizning "Surxon" klubi himoyachisi Vladimir Bubanya bir necha kundan buyon jamoa bilan birga emas.
Serbiyalik futbolchi 23 iyuldan 28 iyulga qadar jamoa mashg'ulotlai va yig'ilishlarida ishtirok etmagan. Bundan tashqari 28 iyul kuni koronavirus uchun test topshirishda ham ishtirok etmadi.
"Surxon" klubi Bubanya oldidagi mavjud qarzdorliklarni to'liq bartaraf etgan va yil boshidan buyon jami 355 million so'm pulni uning plastik kartochkasiga tushirib bergan.
Fikrlar