So’nggi yangiliklar

20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  4 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:24Суперлига. "Навбаҳор" - ОКМК 2:0 (матнли трансляция)  33 19:23"Реал"га Родри керак  6 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  5 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  6 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  8 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  15 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  3 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  8 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  3 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  10

Surxon va Javohir Esonqulov - aslida, kim kimdan qarz? Yangiliklar

Surxon va Javohir Esonqulov - aslida, kim kimdan qarz?

18 centyabr kuni Surxondaryo tomonlardan turli xil xabarlar chiqa boshladi.

Voqea nima haqida?

Ijtimoiy tarmoqlarda «Surxon» klubi futbolchisi Javohir Esonqulov 3 kishi tomonidan do'pposlangani haqida aytib bergan videolavha tarqaldi. Unda futbolchi klub direktorining o'g'li, jamoa sardori Asror G'ofurov va klubning sport direktori Abdumajid Toirov tomonidan do'pposlanganini takidlagan.

Klub esa Esonqulov jamoa rahbarining kabinetiga kiraverishdagi devorga uni haqorat qiluvchi so'z yozib qoldirganligini malum qilib, faqat ikkita futbolchi o'rtasida mushtlashuv bo'lganini aytdi. SHuningdek, sobiq futbolchi shartnoma bekor qilingan bo'lsada, klub ofisiga doimiy tashrif buyurib, yana qo'shimcha pullar talab qila boshlagani aytilgan. 

Futbolchining rafiqasi uni dubinkalar bilan kaltaklaganini takidlamoqda.

Voqea ishtirokchilar va masullar nima deydi?

O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev mazkur noxush holat yuzasidan tegishli idoralarga murojaat qilinganini bildirdi.

«Surxon» jamoasi sardori Asror G'ofurov ham mazkur holat yuzasidan izoh berdi. Unga ko'ra, «bizni ushlab turdi, to'rt kishi urdi», degan narsa bo'lgani yo'q. Asror G'ofurovning aytishicha esa «qo'li ko'ziga sal qattiqroq» tegib ketgan. 

Toshkent shahar IIBBning malum qilishicha, holat yuzasidan tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Tekshiruv yakuni bo'yicha qonuniy chora ko'riladi.

Aslida, kim kimdan qarz?

Bugun «Surxon» klubi matbuot xizmati Javoxir Esankulovning «Surxon» klubidan olgan ish haqilari to'g'risida batafsil malumotni taqdim etdi. Unda bir qator qiziqarli raqamlarni ko'rish mumkin.

SHartnoma 2021 yilning 1 fevralidan 2022 yilning 31 dekabriga qadar tuzilgan. Javoxir Esonkulovning 1 oylik oladigan oylik miqdori 5 mln 682 ming so'mni tashkil qilgan. 12% daromad solig'ini olib tashlaganda futbolchi har oyda 5 mln 160 so'm olishi kerak. SHuningdek, futbolchi agarda mavsum so'ngida klub 1-10 o'rinlarning birida yakunlasa 95 mln qo'shimcha bonus sifatida pul olishi ko'rsatilgan. 2022 yilda klub 1-8 o'rinlaning birida yakunlasa, unga yana qo'shimcha 95 mln bonus puli berilishi ko'rsatib o'tilgan. 

Agar klub ikki mavsumda ham 11-14 o'rinlarni egallasa futbolchiga mazkur summa berilmaydi. 

SHuningdek, futbolchi har bir natija keltirgan o'yinda 1 mln so'mdan 8 mln so'mgacha mukofot puli olishi belgilangan. 

«Surxon» klubi va Javrxir Esankulov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 12 iyul kuni har ikkala tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilingan va futbolchi hech qanday moliyaviy etirozi yo'qligi to'g'risidagi bekor qilish varog'iga qo'l qo'ygan.

Javoxir Esanqulov 12 iyulga qadar 27 mln 600 ming so'm pul olgan. Demak, futbolchi fevral oyidan 1 iyuliga qadar 25 mln 800 ming so'm olishi kerak bo'lgan, ammo futbolchi 27 mln 600 ming so'm olgan. +11 kun qo'shilsa 5 mln 160 ming / 31*11 = 1 mln 774 ming 250 so'm. 

«Jami Esonkulov olishi kerak bo'lgan summa – 26 mln 775 ming 050 so'm, futbolchi olgan summa 27 mln 600 ming. Demak yakuniy hisobni olsak 27 mln 600 ming – 26 mln 775 ming 050 so'm = 842 ming 950 so'm. Futbolchi Javoxir Esankulov klubdan ortiqcha 842 ming 950 so'm olgan», — deyilgan malumotda. 

27 mln 600 ming so'mdan 26 mln 775 ming 050 so'm ayirilganda natija 824 ming 950 ni ko'rsatyapti.


«Surxon» kim qarzdor ekanligini ko'rsatib berdi. SHu o'rinda bir malumot: klub 18 sentyabr kuni bergan bayonotida «Surxon» klubi va jamoaning sobiq futbolchisi Javohir Esonqulov o'rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi 21 iyul kuni har ikkala tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilinganligi aytilgan. Bugun berilgan malumotda esa mehnat shartnomasi 12 iyul kuni har ikkala tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilinganligi aytilgan. 

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика