So’nggi yangiliklar

12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  0 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  6 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  9

"Surxon" super o'zgarishlar arafasida, Botir Mirzaev yangi bosh direktor! Yangiliklar

"Surxon" super o'zgarishlar arafasida, Botir Mirzaev yangi bosh direktor!

Surxondaryoning birinchi raqamli jamoasi bo'lgan haqiqiy "Surxon"ni muxlislar anchadan beri sog'inganlari rost.

Afsuski bu yil jamoa kuchlilar qatoriga qo'shila olmadi. PRO-Ligada 4-o'rinni qo'lga kiritgan klubda 2019 yilda tub o'zgarish bo'ladi. Klub homiylari "Surxon"ni kuchlilar qatoriga qaytarish uchun jiddiy bel bog'ladilar va endi u erda o'z kasbining mutaxassislari faoliyat olib boradilar. Bu nafaqat murabbiy, balki klub strukturasida ham amalga oshiriladigan asosiy ish. So'nggi ikki yilda aynan shu omil klubning muvaffaqiyatiga salbiy tasir o'tkazdi.

Bizga malum qilishlaricha, 9 yil davomida "Olmaliq" jamoasida faoliyat olib borgan Botir Mirzaev klub bosh direktori sifatida ish boshladi. "Olmaliq" jamoasi uning rahbarligida oliy ligada yomon natijalar qayd etmagan. 2009 yil mavsumni 4-o'rinda tugatgan klub, 2013-15 yillar oralig'i kuchli oltilikdan pasga tushmagan.

"Bizga nafaqat jamoani, balki klubni rivojlantirish vazifasi qo'yildi. "Surxon" jamoasining barcha chiziqlarini yaxshi saviyadagi futbolchilar bilan kuchaytiramiz. Strukturada ham katta o'zgarishlar bo'ladi va uzoq yillar davomida futbolda ishlagan mutaxassislar, klubning futbol maktabi, marketing, matbuot xizmatlariga jalb etiladi. Licenziyalash bo'limiga ham eng malakali mutaxassislarni jalb qilamiz", - deydi Botir Mirzaev.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика