So’nggi yangiliklar

04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  19 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

"Surxon" rasmiy bayonot bilan chiqdi: "Klub Superligada ishtirok etish uchun barcha asoslarga ega" Yangiliklar

"Surxon" rasmiy bayonot bilan chiqdi: "Klub Superligada ishtirok etish uchun barcha asoslarga ega"

Teglar :  O'zPFL"Surxon"
Kecha O'zPFL matbuot xizmati "Surxon"ni ogohlantirish bilan chiqdi.

Unga ko'ra, agarda klub 29 mart kuniga qadar futbolchilar oldidagi qarzini yopmasa, Pro-ligaga tushirib yuborilishi mumkin. Klub bu borada rasmiy munosabat bilan chiqdi.

"O'zPFLning 2023 yil 25 martdagi 01/107-sonli xatiga asosan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 6 yanvardagi "PFK Surxon" masuliyatli cheklangan jamiyati ustav fondidagi davlat ulushi "FC Surkhan" masuliyatli cheklangan jamiyatiga sotish to'g'risida"gi 4-son qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyat hokimligi zimmasiga o'tgan davrdagi faoliyati yuzasidan audit o'tkazilgan.

Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur qaror ijrosini bajarishga kirishgan va "Surxon" FKning moliyaviy-xo'jalik faoliyati o'rganildi. Joriy yil davomida klub qarzlarning katta qismini yopish bo'yicha katta ishlarni amalga oshirildi.

“Surxon” Professional futbol klubi o'z tarixida yangi sahifa ochish va mamlakatning oliy divizionida o'ynash uchun barcha asoslarga ega. Ayni paytda, "Surxon" rahbariyati klubning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, hamda Termizdagi stadionni rekonstrukciya qilishni o'z zimmalariga olishdi.

Yangi rahbariyatning maqsadi – Termizdagi stadionni rekonstrukciya ishlarni qilish, Termiz shahrida futbol akademiyasi, shuningdek, qarorgohni qurish. Surxondaryo viloyatida yoshlar futbolini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda “Surxon” PFK asosiy jamoasiga tarbiyalanuvchilarni faol jalb etish", - deb yoziladi klub matbuot xizmati xabarida.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика