So’nggi yangiliklar

23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  0 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  23 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  11 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  2 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  26 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  28

Surxon - Navbahor o'yini o'tkaziladimi? Yangiliklar

Surxon - Navbahor o'yini o'tkaziladimi?

Bu haqda PFL rahbari Diyor Imomxo'jaev o'zining Telegram ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida quyidagilarni bayon qildi.

Ikki kun davomida eng ko'p berilgan savol. Javobini esa o'zimiz ham bilmaymiz. Bilishimiz uchun "Surxon" futbolchilarining hozirgi holati haqida aniq malumotlarga ega bo'lishimiz kerak. Hozircha malumotni ko'pi bilan 21 iyul tushga qadar kutishga majburmiz. 

U-21 o'yini nima bo'ladi? Vaziyatdan kelib chiqib, uchrashuv parallel o'tishi yoki asosiy tarkib jamoalaridan bir kun keyinga rejalashtirilishi mumkin. 

Nega "Bunyodkor" uchrashuvi qoldirilgandi-yu, bunisini kutyabmiz? CHunki "Bunyodkor" futbolchisida virus aniqlangani hamda klubning Buxoroga qarshi o'yini arafasida bizda vaqt yo'q edi. Bugun bilgan bo'lsak, ertaga jamoaga yo'lga chiqishi kerak edi. "Biz Buxoro" futbolchilarining sog'lig'ini o'ylab, uchrashuvni bekor qildik. 

"Surxon" — "Navbahor" o'yinida nima sababdan "Navbahor" mezbon bo'lib qoldi? Namangan klubi vodiydan yo'lga chiqib, Termizga borishi kerak edi. CHilla vaqtida temir yo'l yoki samolyotsiz bu naqadar azob ekanini bilasiz. SHuning uchun ham shartnoma taklifi Navbahordan chiqqan bo'lishi katta ehtimol. Bundan birinchi galda ular manfaatdor ekanidan kelib chiqib, yugur-yugurni o'z bo'ynilariga olishgan. Adolat yuzasidan ikkinchi uchrashuv ham Toshkentda o'tishiga kelishib olishgan. Vaziyat og'ir vaqtda ikki klub o'zaro kelishsa-yu, PFL bunga qarshilik qilishi insofdanmi? Biz insofli bo'ldik. Kimdir bizdan mantiq qidirayotgan bo'lsa, malumot uchun, biz barcha jamoaga markazlashgan chempionat taklifini berib, uni tashkillashtirishga tayyor ekanimizni bildirdik, 5 ta mezbon jamoani tashkiliy masalalarga yordam berishga ko'ndirdik. Biroq viloyat jamoalari buni rad qilishdi va biz ularning fikrlarini hurmat qildik, kimnidir nimagadir majburlamadik. 

Klublarni bazaga “qamash” yaxshi emasmi? Yaxshi albatta, boshida shunday boshladik. Ammo doimo shunday davom etishi qiyin. Birinchidan, futbolchilar ham odam, ularning ruhiy kechinmalari ham bor. Ikkinchidan butun bir jamoani mutassil bazada ushlab turish hazilakam mablag' talab qilmaydi. Uchinchidan bazaga “qamash” bilangina ular virusdan to'la himoyalanmaydi. Farrosh bo'ladimi, oshxona hodimi yoki yana kimdir virusni opkirmasligiga kafolat yo'q. 

Holat qanaqa? Hozirgacha uch klub haqida aniq malumotlarimiz bor. Virus yuqtirgan futbolchilar izolyaciyaga olingan. Aniq tasavvur uchun esa imkoniyat kam. Masalan, "Bunyodkor" azolari haqida hali ham to'liq malumot olmaganmiz. "Navbahor" esa bir necha soat ichida barcha malumotni taqdim etishga erishgandi. 


Musobaqani to'xtatish kerakmi? Virus chiqishi tabiiy holga aylangan. Germaniya yoki boshqa chempionatlar qayta tiklanganidan keyin ham virus aniqlangan holatlar bo'ldi. Ular yangilangan reglament bo'yicha ish ko'rib, musobaqani davom ettirishdi. Biroq bizdagi vaziyat bilan Germaniyani solishtirib bo'lmaydi. Muqobil raglamentni biz klublar rahbariyatiga taqdim etdik. Hali uni tasdiqlatish masalasi bor, bu oson emas. Tushunishimcha, tasdiqlaydigan kishilarning ham hozir futboldan ko'ra muhimroq mingta muammosi bor. 


Musobaqani to'xtatish xalqaro natijalar, yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati va shunga o'xshash masalalarga tasir o'tkazadi. Hozir virus yuqtirib olish xavfi barchamizda bor, yani, turnir to'xtatilishi futbolchilarni virusdan himoyalanmaydi. CHunki ayrim futbolchilar oila azolaridan yuqtirishdi. Biz ehtiyot bo'lishimiz, barcha narsani talab etilayotgani kabi bajarishimiz kerak. Hech narsa sog'ligimiz kabi bebaho emas.


Biz ishchi-xodimlarning 60 foizini onlayn rejimda ishlashga o'tkazganimizga 10 kundan oshdi. Tahminan 7-8 xodim bilan ikki katta musobaqani davom ettirishga harakat qilyapmiz. Ruxsat etilgan vaqtlarda ishga kelib-ketamiz, uyingda o'tir deyilayotgan kunlarda uydan ishlaymiz. Muhimi, jamoalar safarlarga borib kelishida muammolar yuzaga kelmasligi uchun mehnat qilyapmiz, amallayapmiz. 


Xullas, har kunimiz, hatto soatimiz yangilik. Biz barchangizga va oila-azolaringizga sog'liq, xotirjamlik tilaymiz. Balo dunyoni tezroq tinch qo'yishini so'raymiz. Harakat va izlanishni davom ettiramiz. 



Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика