"Surxon" hujumchisi Aleksandr Kasyandan sanitariya-gigiena qoida va meyorlariga zid harakat
25 iyu 2020 18:56
Yangiliklar
"Surxon" hujumchisi Aleksandr Kasyandan sanitariya-gigiena qoida va meyorlariga zid harakat
"Qo'qon-1912"ga qarshi o'yindan oldingi jamoaviy suratga tushish vaqtida mehmonlarning rossiyalik hujumchisi Aleksandr Kasyan ikki nafar sherigiga teginib rasmga tushdi.
Bu esa PFL tomonidan ishlab chiqilgan sanitariya-gigiena qoida va meyorlariga zid hisoblanadi. Ushbu hujjatning 4-bobi (Musobaqalarni tashkil etish) 4.13-bandi quyidagidan iborat: Coca Cola brendi fonida jamoaviy rasmga tushishda futbolchilar ijtimoiy masofa saqlaydi hamda bir-biriga teginib turmaydi (zig-zag usulida).
Rasmda Kasyan o'ng tomon yuqoridan birinchi.
O’xshash yangiliklar
10:07
"Andijonliklar keldi, andijonliklar finalda"! "Andijon" - "Surxon" uchrashuvidan FOTOGALEREYA 13
Fikrlar