"Surxon" bosh murabbiyi Anxel Lopes: "Aziz Haydarov bilan har kuni maslahatlashib turamiz"
02 mar 2022 21:16
Yangiliklar


"Surxon" bosh murabbiyi Anxel Lopes: "Aziz Haydarov bilan har kuni maslahatlashib turamiz"
"Bizda qisqa vaqt bo'ldi tayyorgarlik uchun. Qiziqarli o'yin bo'ldi. Ikkita teng kuchli jamoalar o'ynadi. Vaziyatlar bo'lganiga qaramay 0:0 hisobi qayd etildi"
- Potencialidan kelib chiqib qanday maqsad sari intilasiz?
- Men 5 fevral kuni keldim. Jamoa esa tayyorgarlikni boshlagandi. Salohiyati tanish, ko'p ishladik. Reja bo'yicha ish olib borildi. "Surxon" to'g'ri yo'nalishda oldinga qarab intiladi.
- O'zbek futboli haqida nimalarni bilasiz? Qanday malumotlarga egasiz?
- O'zbekistonga kelgunimga qadar ko'p malumotlarga ega emasdim. Bundan tashqari ispaniyaga yosh mutaxassislar kelganda tanishgandik. Qolaversa, "Al SHabab"da ishlaganimda Aziz Haydarov to'p tepgan. U orqali ko'p malumotlarni bilib olgandim. Mening telefonimda hali ham uning kontakti bor. Har kuni qo'ng'iroq qilib maslahatlashib turamiz.
- Futbolchilaringiz bugun qarshi hujum taktikasida harakat qildi. "Surxon"ga qanday uslubni singdirmoqchisiz?
- Biz doim hujumkor futbol ko'rsatamiz. "Olimpik" O'zbekistonning eng yaxshi jamoalaridan biri. Iqtidorli yosh futbolchilar borligini ko'rdim. Jamoamga o'zini ko'rsatishga harakat qilgani uchun rahmat aytaman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar