"Surxon" 19 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
5 yanv 2024, 22:11
“Surxon” yosh futbolchilarni tarbiyalash va tarkibni yoshartirishda davom etmoqda.

Bu safar surxondrayoliklar safiga avvalroq Bekobodning “Metallurg” klubida to'p surgan yarim himoyachi Sarvar Abduhamidov kelib qo'shildi

Sarvar 19 yoshda, ampluasi - yarim himoyachi

Shuningdek, “Metallurg” a'zosi sifatida U-21 chempionatida kuchli 4talikdan joy olgandi

Sarvar Abduhamidov

Amplua: Yarim himoyachi

Tug'ilgan sanasi: 14.04.2004

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати