Suriyalik hujumchi "Al Hilol" bilan xayrlashdi
16 jan 2021 21:55
Yangiliklar


Suriyalik hujumchi "Al Hilol" bilan xayrlashdi
Omar Al Soma "Al Ahli" bilan yangi kelishuv imzolagan bir paytda boshqa bir futbolchi "Al Hilol"ni tark etdi.
Gap Suriya terma jamoasining yana bir iqtidorli hujumchisi Omar Xrbin haqida bormoqda. 2017 yilda "Osiyoning eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan Xrbin 4 yillik faoliyatdan so'ng "Al Hilol" bilan xayrlashdi.
26 yoshli Xrbin uchun Saudiya klubidagi faoliyat mazmunli kechdi. U 2017 yilgi OCHLda 10ta gol urib eng yaxshi to'purar bo'lgandi. "Al Hilol"da to'rt yil o'ynagan suriyalik to'purar bu vaqt oralig'ida uch bor mamlakat chempioni bo'ldi, shuning bir marta Qirol Kubogida zafar quchdi.
O’xshash yangiliklar
12:44
Yassin Bunu yoki Roberto Firmino. Mart oyi boshida O'zbekistonga qaysi futbol yulduzlari keladi? 30

Fikrlar