So’nggi yangiliklar

13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  1 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  4 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  2 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  15 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  0 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  7 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  5 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  1 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  2 08:08Бугун финал!  11 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  17 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  11

Suriya termasi darvozaboni: "O'zbekiston biz kutgandek o'ynadi" Yangiliklar

Suriya termasi darvozaboni: "O'zbekiston biz kutgandek o'ynadi"

Suriya terma jamoasi va CSKA klubi darvozaboni Maksim Sarraf Osiyo Kubogi 1-turi doirasidagi O'zbekiston bilan uchrashuvdan so'ng (0:0) Championat.asia saytiga o'z fikrlarini bildirdi.

- Maksim, bugungi o'yin haqida nima deya olasiz?

- Biz ham, O'zbekiston ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ikkinchi taymda Abbos Fayzullaevni maydonda ko'rib xursand bo'ldim. U o'zini yaxshi taraflama ko'rsatdi, xavfli vaziyatlar yaratdi. O'yin sifatli ko'rindi.

- O'zbekiston terma jamoasi o'yini haqida qanday fikrdasiz?

- O'zbekistonning o'yinlarini o'rganib chiqqandik. Tayyorgarlik jarayonidagi rejalarni amalga oshirdik. Hammasi biz kutgandek bo'ldi.

- Qanday qilib Suriya terma jamoasi azosiga aylangansiz?

- Mening otam Suriyadan. SHu munosabat bilan yaqin vaqtdan beri Suriya sharafini himoya qilib kelyapman. 

- Abbos Fayzullaev bilan do'stmisiz?

- Ha, CSKAda birga o'ynaymiz. Yo'llarimiz ko'p marta kesishgan. Guruhimizni muhokama qilib, bu bo'yicha suhbat qurgandik. Durang o'ynaganimizdan xursandmiz. Keyingi o'yinlarda O'zbekistonga omad!



Malumot uchun, Sarraf CSKA tarbiyalanuvchisi bo'lib, ushbu jamoada Abbos Fayzullaev bilan birga harakat qiladi. SHuningdek, bu posbon O'zbekiston mezbonlik qilgan U-20 Osiyo Kubogida Suriya darvozasini qo'riqlagan edi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика