So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  3 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  6 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  20 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  76 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Superliganing eng yaxshi futbolchisi - Javlon Ibrohimov Yangiliklar

Superliganing eng yaxshi futbolchisi - Javlon Ibrohimov

"Championat.asia" talqini bo'yicha "Bunyodkor" sardori Javlon Ibrohimov Superliga 1-bosqichining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ikki davradan iborat bo'lgan chempionatning dastlabki bosqichi yakunlandi. O'tkazilgan 22 tur davomida barqaror o'ynagan futbolchilar orasidan eng yaxshilar tanlab olindi. Jurnalistlar o'rtasida tashkil qilingan so'rovnomada "Eng yaxshi futbolchi", "Eng yaxshi murabbiy" va "Eng yaxshi darvozabon" nominaciyalari g'oliblari aniqlandi.

Superliganing 1-bosqichi yakunlariga ko'ra, chempionat o'yinlarini muntazam kuzatib hamda yoritib borgan "Championat.asia" va "Sport" kanali jurnalistlari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalarini elon qilamiz.

O'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra, "Bunyodkor" sardori, jamoa tayanch yarim himoyachisi Javlon Ibrohimov 32 ball to'plagan holda birinchi bo'ldi. Ikkinchi o'rin esa "Paxtakor"ning hujumkor vingeri Tiago Bezerraga (25 ball) nasib etdi. So'rovnomada 24 ball to'plagan "Qizilqum" legioneri Elguja Grigalashvili uchinchi pog'onanini band etdi. Nomzodlar orasida bo'lgan "Bunyodkor"ning markaziy yarim himoyachisi Sardor Sobirxo'jaev esa 20 ball to'plagan holda to'rtinchi bo'ldi. "Paxtakor" himoyachisi SHerzod Azamov 10 ball bilan kuchli-beshtalikni yakunlab berdi. "Lokomotiv"ning tayanch yarim himoyachisi Sadriddin Abdullaev esa 5 ball bilan oltinchi pog'onani band etdi. "Metallurg"ning hujumkor vingeri Islom Isoqjonov hamda "Lokomotiv" yarim himoyachisi Sanjar SHoahmedov 2 balldan to'plashdi. Nomzodlar qatorida bo'lgan "Navbahor" futbolchisi Azam Alievni hech bir jurnalist "uchtalik"ka kiritmadi.

SHu tariqa "Bunyodkor" sardori Javlon Ibrohimov Superliga 1-bosqichining eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

Kim kimga ovoz berdi?

          #

jurnalist

1

2

3

1

Narzulla Saydullaev

Javlon Ibrohimov

Tiago Bezerra

Elguja Grigalashvili

2

Tolibjon Qosimov

Sardor Sobirxo'jaev

Tiago Bezerra

Javlon Ibrohimov

3

Xayrulla Xoliqov

Javlon Ibrohimov

Tiago Bezerra

SHerzod Azamov

4

SHahboz Beg'amov

Elguja Grigalashvili

Sardor Sobirxo'jaev

SHerzod Azamov 

5

Eldor Mustafoev

Sadriddin Abdullaev

Javlon Ibrohimov

Sardor Sobirxo'jaev

6

Xayrulla Hamidov

Tiago Bezerra

SHerzod Azamov

Elguja Grigalashvili

7

Farruh Rasulov

Sardor Sobirxo'jaev

Elguja Grigalashvili

Tiago Bezerra

8

Murod Rizaev

Elguja Grigalashvili

Tiago Bezerra

Javlon Ibrohimov

9

Jamoliddin Bobojonov

Sardor Sobirxo'jaev

SHerzod Azamov

Elguja Grigalashvili

10

Abdulla No'rmonov

Javlon Ibrohimov

Elguja Grigalashvili

Islom Isoqjonov

11

Dilshodbek To'xtabekov

Javlon Ibrohimov

Tiago Tezerra

Sanjar SHoahmedov

12

Madina Ametova

Javlon Ibrohimov

Tiago Bezerra

Elguja Grigalashvili


Eng yaxshi futbolchi laureati uchun nomzodlar:

Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor", tayanch yarim himoyachi) — 19 o'yin, 10 gol, 1 assist

Tiago Bezerra ("Paxtakor", hujumkor vinger) — 21 o'yin, 10 gol, 3 assist, 1 samarali harakat

Elguja Grigalashvili ("Qizilqum", hujumkor vinger) — 21 o'yin, 7 gol, 3 assist, 2 samarali harakat

Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor", markaziy yarim himoyachi) — 20 o'yin, 1 gol, 10 assist

SHerzod Azamov ("Paxtakor", markaziy himoyachi) — 20 o'yin, 1 gol, 1 assist, 10 quruq o'yin

Sadriddin Abdullaev ("Lokomotiv", tayanch yarim himoyachi) — 17 o'yin, 1 gol, 2 assist

Islom Isoqjonov ("Metallurg", hujumkor vinger) — 19 o'yin, 6 gol, 3 assist

Sanjar SHoahmedov ("Lokomotiv", yarim himoyachi) — 20 o'yin, 3 gol, 3 assist

Azam Aliev ("Navbahor", tayanch yarim himoyachi) — 22 o'yin, 4 assist

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика