So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  2 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  19 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  76 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Superliganing eng yaxshi darvozaboni - Eldorbek Suyunov Yangiliklar

Superliganing eng yaxshi darvozaboni - Eldorbek Suyunov

"Championat.asia" talqini bo'yicha "Paxtakor" darvozaboni Eldorbek Suyunov Superliga 1-bosqichining eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

Ikki davradan iborat bo'lgan chempionatning dastlabki bosqichi yakunlandi. O'tkazilgan 22 tur davomida barqaror o'ynagan futbolchilar orasidan eng yaxshilar tanlab olindi. Jurnalistlar o'rtasida tashkil qilingan so'rovnomada "Eng yaxshi futbolchi", "Eng yaxshi murabbiy" va "Eng yaxshi darvozabon" nominaciyalari g'oliblari aniqlandi.

Superliganing 1-bosqichi yakunlariga ko'ra, chempionat o'yinlarini muntazam kuzatib hamda yoritib borgan "Championat.asia" va "Sport" kanali jurnalistlari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalarini elon qilamiz.

O'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra, "Paxtakor" darvozaboni Eldorbek Suyunov 53 ball to'plagan holda katta ustunlik bilan birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin esa "Qo'qon-1912" kiperi O'tkir Yusupovga (32 ball) nasib etdi. "Navbahor" darvozaboni Botirali Ergashev esa 26 ball to'plagan holda uchinchi pog'onanini band etdi. Nomzodlar orasida bo'lgan "Nasaf" posboni Sanjar Quvvatov esa 7 ball to'plagan holda to'rtinchi bo'ldi. Nomzodlar qatorida bo'lgan "Qizilqum" kiperi Evgeniy CHeremisinni esa hech bir jurnalist "uchtalik"ka kiritmadi.


Kim kimga ovoz berdi?

#

jurnalist

1-o'rin

2-o'rin

3-o'rin

1

Narzulla Saydullaev

Eldorbek Suyunov

O'tkir Yusupov

Sanjar Quvvatov

2

Tolibjon Qosimov

Eldorbek Suyunov

O'tkir Yusupov

Botirali Ergashev

3

Xayrulla Xoliqov

Eldorbek Suyunov

O'tkir Yusupov

Sanjar Quvvatov

4

SHahboz Beg'amov

Eldorbek Suyunov

O'tkir Yusupov

Botirali Ergashev

5

Eldor Mustafoev

Eldorbek Suyunov

Botirali Ergashev

O'tkir Yusupov

6

Xayrulla Hamidov

Botirali Ergashev
Eldorbek Suyunov
O'tkir Yusupov

7

Farruh Rasulov

O'tkir Yusupov

Eldorbek Suyunov

Botirali Ergashev

8

Murod Rizaev

Eldorbek Suyunov

Botirali Ergashev

O'tkir Yusupov

9

Jamoliddin Bobojonov

O'tkir Yusupov

Botirali Ergashev

Eldorbek Suyunov

10

Abdulla No'rmonov

Eldorbek Suyunov

Botirali Ergashev

O'tkir Yusupov

11

Dilshodbek To'xtabekov

Eldorbek Suyunov

Botirali Ergashev

-

12

Madina Ametova

Eldorbek Suyunov

Sanjar Quvvatov

O'tkir Yusupov


P.S. Birinchi o'rin - 5 ball, ikkinchi o'rin - 3 ball, uchinchi o'rin - 2 balldan hisoblanadi.

Eng yaxshi darvozabon laureati uchun nomzodlarning Superligadagi statistikasi:

1. Eldorbek Suyunov ("Paxtakor") — 22 uchrashuv, (-12), 11 quruq o'yin, 36 seyv, 1 assist

2. O'tkir Yusupov ("Qo'qon-1912") — 22 uchrashuv, (-20), 6 quruq o'yin, 44 seyv

3. Botirali Ergashev ("Navbahor") — 12 uchrashuv, (-8), 7 quruq o'yin, 22 seyv

4. Sanjar Quvvatov ("Nasaf") — 19 uchrashuv, (-20), 8 quruq o'yin, 31 seyv

5. Evgeniy CHeremisin ("Qizilqum") — 16 uchrashuv, (-18), 7 quruq o'yin, 28 seyv

Eng yaxshi darvozabon deb topilgan Eldorbek Suyunov "PFLMANAGER.UZ"da darvozabonlar orasida eng ko'p ochko (99) to'plagan kiper bo'ldi. "PFLMANAGER.UZ"ning umumiy jadvalida esa faqatgina hujumkor vinger Tiago Bezerra undan ko'proq ochko to'pladi. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика