Superliganing eng samarador va eng yaxshi legioneriga xorij klublaridan qiziqish yuqori
08 iyu 2022 15:55
Yangiliklar
Superliganing eng samarador va eng yaxshi legioneriga xorij klublaridan qiziqish yuqori
Superliganing eng yaxshi legionerlaridan biri bo'lib turgan "Qizilqum"ning serbiyalik futbolchisi Aleksandar Stanisavlevichga yozgi transfer oynasi vaqtida ko'plab jamoalardan chorlovlar bo'lmoqda.
Bu haqda Serbiya nashrlari malum qilmoqda. Xususan futbolchiga Indoneziya, Vetnam, BAA va Qatar klublaridan qiziqish yuqori. Biroq Stanisavlevich yozgi transfer oynasida jamoasini almashtirmoqchi emas. Unga O'zbekistonda faoliyat yuritish maqul kelgan va mavsum o'rtasida "Qizilqum" jamoasini tashlab ketmoqchi emas.
Uning shartnomasi yil oxirigacha mo'ljallangan.
Malumot uchun, Aleksandar Stanisavlevich Superliganing birinchi davrasidagi 13ta o'yinda 5ta gol va 8ta golli uzatma, umumiy hisobda 13ta samarali harakatni amalga oshirgan. Futbolchi bu borada O'zbekiston chempionatida yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar