So’nggi yangiliklar

14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  9 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  28 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  4

Superliganing birinchi davrasidagi asosiy raqamlar. Qaysi futbolchilar o'z o'yinlari bilan ajralib turishdi? Yangiliklar

Superliganing birinchi davrasidagi asosiy raqamlar. Qaysi futbolchilar o'z o'yinlari bilan ajralib turishdi?

Zamonaviy futbolda statistika muhim rol o'ynaydi.

Raqamlar orqali futbolchi haqida ko'p narsalarni, masalan, o'yin uslubi yoki uning samaradorligini bilsa bo'ladi. SHu sababdan Shampionat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev WyScout tahliliy platformasida Superliga o'yinchilarining statistikalarini o'rgandi va birinchi davra bo'yicha eng qiziqarli raqamlarni tanladi. Qayd etish kerakki, WyScout'da Superliganing barcha o'yinlari ham taqdim etilmagan (80% atrofida), shu sabab raqamlar biroz noaniq bo'lishi mumkin.


Samarali harakatlar

Birinchi ko'rsatkich – kutilgan gollar va assistlar. Birinchi o'rinda "Navbahor" vakili Jamshid Iskanderov (7,17). Qiziqarlisi, uning hisobida birinchi davrada 3ta gol va 4ta assist bor. SHunday ekan, Iskanderov o'zining gol urish va sheriklariga golli uzatma berish bo'yicha barcha imkoniyatlarini amalga oshirdi deyish mumkin. Ikkinchi o'rinda 9ta gol va 2ta assist bilan Dragan CHeran (6,69). Serb statistika amalga oshirishi kerak bo'lganidan ko'ra tez-tez gol va assist qayd etgan holda, sermahsullik ko'rsatmoqda. SHuningdek, top-5ga Xurshid G'iyosov (6,53), Toma Tabatadze (5,61) va Temurxo'ja Abdixoliqov (5,48) kiradi. Faxriy Jasur Hasanov qiziqarli raqamlarni ko'rsatmoqda – u kutilgan assistlar bo'yicha Jamshid Iskanderov (2,88)dan so'ng ikkinchi o'rinda. "So'g'diyona"ning qarimaydigan etakchisi uchta golli uzatma berdi, shuningdek bitta gol urdi. Va u 39 yoshda!

Birinchi davradan so'ng Superliganing eng yaxshi to'purarlari Dragan CHeran va Rubin Xebay bo'lib turibdi. SHu bilan birga, "Andijon" forvardida o'rtacha o'yindagi to'plar soni borasidagi statistika serbnikidan yuqoriroq – mos ravishda 0,95 va 0,69. Aniqrog'i, Xebay deyarli har o'yinda gol urmoqda! "So'g'diyona" hujumchisi Zenan Zaymovichda bu ko'rsaktich 0,69 (CHeranda ham shuncha).

Bosh bilan gol urish bo'yicha birinchi o'rinni Martin Boake va Husniddin Aliqulov egallab turibdi – ularda uchtada to'p. Alibek Davronov, Dragan CHeran va SHoxruh Gadoevda ikkita to'pdan.


Aldab o'tishlar

Aldab o'tishlar soni bo'yicha birinchi o'rinda Oston O'runov (98). Undan so'ng Ruslan Jiyanov (74), Islom Kenjaboev (69), Humoyunmirzo Iminov (64) va Doniyor Abdumannopov (63) joylashgan.

Har bir o'yinda o'rtacha raqibdan o'tib ketishga urinishlar soni bo'yicha ham O'runov etakchi (10,15). SHu bilan birga, Ostonda driblinglarning muvaffaqiyat foizi uncha balandmas – atigi 60,2%. Bu borada birinchi o'rin Jasur Hasanovga tegishli (71,1%). SHuningdek, top-5dan Hojiakbar Alijonov (69,5%), SHaxzod G'ofurbekov (63,9%) va SHerzod Nasrullaev (60,5%) kiradi.


Yuqoridan uzatmalar

Jasur Hasanov etakchilik qilayotgan yana bir ko'rsatkich – uzatmalar soni (70) va ularning o'yin davomidagi soni (7,33). Topda shuningdek Hojiakbar Alijonov (68 / 6,23) va SHerzod Nasrullaev (64 / 6,5) bor. Yuqoridan to'p uzatmalarning aniqligi bo'yicha eng yaxshi futbolchi OKMK himoyachisi Dilshod Ahmadaliev (51,3%)dir. Undan tashqari, yuqoridan uzatmalarning aniqligi bo'yicha top-5dan Mirzohid G'ofurov (47%), SHerzod Nasrullaev (45,3%), Javohir Qahramonov (45,1%) va Farruh Sayfiev (42,8%) o'rin egallagan.


Ofsaydlar

O'yindan tashqari holat haqida ham malumot berish kerak. Superliganing birinchi davrasida eng ko'p Silvanus Niveli ofsaydda qolib ketgan (18). Bu o'yin davomida bir yarimta deganidir.


Uzatmalar

Doimgidek eng ko'p uzatmalarni mudofaa markazi o'yinchilari va tayanch yarim himoyachilar amalga oshirishdi. Etiborlisi, eng yaxshi besh futbolchidan uch nafari OKMK vakillaridir:

Odil Abdumajidov ("Olimpik") – 661;

Abdulla Abdullaev (OKMK) – 580;

Odil Hamrobekov ("Paxtakor") – 563;

Sardor Rahmonov (OKMK) – 538;

Anzur Ismoilov (OKMK) – 537.

Uzatmalarning aniqligiga kelsak, bu erda ham Odil Abdumajidov (94,7%) birinchi o'rinni band etib turibdi. "Bunyodkor"dan Akbar Ismatullaev 93,6% aniqlikni ko'rsatdi, Sardor Rahmonov (92,5%) va SHahzod Toirov (92,2%)da undan biroz kamroq. Top-5ni "So'g'diyona"dan Mirjalol Abdumutalov yakunlab bermoqda.


Kalit uzatmalar

Va yana Jasur Hasanov! "So'g'diyona" faxriysi o'rtacha o'yin davomida 1,15 marta kalitli uzatmani (sherigiga zarba oldidan pas) amalga oshirdi. Top-5da shuningdek Sanjar Tursunov (1,05), Hojiakbar Alijonov (0,92), Doniyor Abdumannopov (0,9) va Jasur Yaxshiboev (0,88)ni ko'rishimiz mumkin.


Uzun uzatmalar

Uzun uzatmalar bo'yicha eng yaxshilar orasida Superliganing bir yo'la uch darvozaboni kirgan: Javohir Ilyosov (108), Rahimjon Davronov (103) va Milan Mitrovich (94). Ulardan tashqari, ro'yxatda "Surxon"dan SHoxjahon Sultonmurodov (105) va Zoir Jo'raboev (86) bor.

O'yinda o'rtacha uzun paslarning soni bo'yicha eng katta ko'rsaktich Sanjar Tursunovda – 11,2. Undan so'ng Muhammadali Aliqulov (10,7), Abdurahmon Komilov (9,53) va yuqorida takidlangan Sultonmurodov (9,55) va Davronov (9,4) ketmoqda.

Aniqlik bo'yicha eng yaxshi darvozabon "Neftchi"dan Akbar To'raev (82,2%) hisoblanadi. Eng yaxshilar beshligida shuningdek Kerim Palich (81,8%), Valijon Rahimov (74,5%), Ibrohim Ibrohimov (73,2%) va Obid Jo'raboev bor.


To'p bilan yurish

Oston O'runov to'p bilan yurishga urinish bo'yicha Superligadagi eng yaxshi o'yinchi hisoblanadi. U 38 bor raqiblar mudofaasini yorib o'tishga uringan. Hojiakbar Alijonov (37)dan bitta urinish kam. Kutilmaganda bu ro'yxatda "Paxtakor" markaziy himoyachisi SHaxzod Azmiddinov bor – unda to'p bilan yurish bo'yicha 30ta urinish bor. Islom Kenjaboev va Javohir Qahramonov bunday urinishlardan mos ravishda 28 va 27 bor qilishgan.

Bir o'yinda o'rtacha to'p bilan yurish bo'yicha ham Oston O'runov (3,94%) birinchi o'rinda. Asad Sobirjonovda 3,83, Alijonovda 3,4, "Olimpik"dan Jasur Jaloliddinovda 3,33. Beshlikni Farruh Sayfiev (3,06) yakunlab beradi.


Darvozabonlar mahorati

"Turon" darvozaboni Rahimjon Davronov o'z darvozasiga kelayotgan 51 zarbani bartaraf etgan. Top-5ga shuningdek Javohir Ilyosov (49), Artyom Potapov (47), Suhrob Sultonov (44) va Igor Litovka (33) kiradi. Seyvlar soni bo'yicha ham Davronov etakchi – 38. Potapov (36)dan ikkita seyv kam, uchinchi o'rinda esa Sultonov (33). Beshlikni Ilyosov (32) va "Neftchi"dan To'raev yakunlab bermoqda.


WyScout talqini bo'yicha Superliga birinchi davra ramziy terma jamoasi bunday ko'rinish olgan. O'yinchilar samaradorligi va statistikalari bo'yicha avtomatik tarzda aniqlangan.


Nikolay Egorichev tayyorladi

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика